“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 00:09
ЎЗO‘Z

Afsonaviy bokschi Ruslan Chagaev bilan eksklyuziv videosuhbat

08 мая, 08:55 8 652 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Afsonaviy bokschi Ruslan Chagaev bilan eksklyuziv videosuhbat Havaskor va professional boksda olamshumul sovrinlarni saralab olgan o‘zbek sportchisi Ruslan Chagaev yana qadrdon yurtiga keldi, deb yozadi Kun.uz sayti.

WBA tasnifi og‘ir vaznida jahon chempioni (2007-2009), WBA og‘ir vaznda muntazam jahon chempioni (2014-2016), havaskor boksning og‘ir vaznida ikki bor jahon chempioni (1997-2001), havaskor boks og‘ir vazn toifasida Osiyo chempioni – mana shunday yutuqlar egasi bo‘lgan bokschi bilan har qancha faxrlansak arziydi.

Ruslan ayni paytda yurtga qaytib, Andijonda bo‘lib turganida u bilan muxlislari uchun dildan suhbat qurishni niyat qildik.

Videointervyu davomida jangchimiz o‘zi uchun yodda qolgan janglar, bolalik xotiralari, ustozlari, do‘stlari bilan bo‘lgan qiziq voqealar, oilasi va farzandlari haqida so‘zladi. Ruslan O‘zbekistonda o‘zining boks maktabi ochishi qanday amalga oshishi mumkinligi, Ramzan Qodirov bilan tanishish tarixi, boksning siru-asrorlarini qanday egallash yuzasidan berilgan savollarga javob berdi.

Vatan tuyg‘usi haqida yonib gapirgan, har bir savolga o‘zbekona so‘zamollik, lutf va chapanilik bilan javob qaytargani uning nafaqat sportchi, balki inson sifatida qanday ekanligini ko‘rsatib berdi, desam mubolag‘a bo‘lmasa kerak.

Uzoq yillar jahongashtalik bilan hayot kechirayotgan bokschimizda o‘zbekona urf-odatlar, tilimizni to‘liq saqlanib qolgani juda ta’sirli.

E’tiboringizga, Ruslan Chagaev bilan bo‘lgan videosuhbatni havola etamiz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 57
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 48
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 48
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 120
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 283
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 100
  • So'nggi yangiliklar
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 9
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 15
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 9
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 118
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 57
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 48
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 48
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 120
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 54
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 60
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 111
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 14
  • Bo‘limlar