“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 13:45
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda Boks bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkazilishi mumkin

07 мая, 17:04 6 895 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda Boks bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkazilishi mumkin O‘zbekiston boks federasiyasi Boks bo‘yicha Jahon chempionatini o‘tkazish uchun ariza topshiradigan bo‘lsa, uning murojaati ijobiy tomondan ko‘rib chiqilishi mumkin, deb yozadi Kun.uz sayti. AIBA prezidenti Dr. Ching Kuo Wu so‘zlariga ko‘ra, “O‘zbekiston bu kabi musobaqani o‘tkazish xohishini bildirsa, uning arizasi tashkilotga a’zo ko‘pchilik davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi mumkin”. Shu bilan birga, uning qayd etishicha, O‘zbekiston tomoni bu kabi musobaqalarni o‘ta yuqori darajada o‘tkaza olishini 29-Osiyo chempionati davomida yana bir bor isbotladi.

Bugun 7 may kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasida Boks bo‘yicha 29-Osiyo chempionati poyoniga etishi munosabati bilan AIBA prezidenti Dr. Ching Kuo Wu, ASBC prezidenti Serik Konakbaev hamda O‘zbekiston boks federasiyasi vakili Malik Babaev ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

AIBA prezidenti Dr. Ching Kuo Wu mazkur musobaqaning yuqori saviyada o‘tkazilgani bilan O‘zbekiston boks federasiyasiga va barcha mas’ullarga minnatdorchilik bildirar ekan, o‘zbek bokschilari ko‘rsatayotgan yuqori natijadan faqat xursand bo‘lishini ta’kidladi. U bugungi final janglarini o‘tkazadigan barcha sportchilarga omad tilab, JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bokschilarga omad tiladi.

ASBC prezidenti Serik Konakbaev ham Osiyo miqyosidagi chempionat ajoyib o‘tkazilganini ta’kidladi. U JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan barcha bokschilarga Germaniyaning Hamburg shahrida bo‘lib o‘tajak jahon birinchiligida qit’a sharafini munosib himoya qilishlariga tilak bildirdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 0
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 0
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 1
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 1
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 2
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 18
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 0
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 0
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 0
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 2
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 17
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 7
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 32
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 13
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 42
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 130
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 78
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 33
  • Bo‘limlar