“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 06:20
ЎЗO‘Z

Vladimir Klichko Joshua bilan revansh jangi o‘tkazadimi?

05 мая, 14:27 7 485 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Vladimir Klichko Joshua bilan revansh jangi o‘tkazadimi? Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni, hozirda Kiev shahri hokimi lavozimini egallab turgan Vitaliy Klichko o‘z ukasi Vladimir va britaniyalik Entoni Joshua o‘rtasidagi revansh jangi imkoniyati haqida fikrlarini bildirdi.

«Vladimirning Joshua bilan revansh jangi o‘tkaziladimi? Bir narsani aytmoqchiman: jangning o‘zi – bu desert, uning ortida esa juda katta mehnat bor. Tasavvur qiling, 25 yil davomida har kuni zalga kelasiz va o‘zingizni tayyorlab borasiz, rejimga amal qilasiz. Tabiiyki, kishi bundan charchaydi. Biroq Vladimirda bunga xohish bo‘lsa, u o‘ziga aytadi: "Men jangga chiqaman, Joshuani mag‘lub etish uchun barchasini qilaman, hamda bu hayotimdagi eng muhim jang bo‘ladi”, - men esa o‘z ukamni har doim qo‘llab-quvvatlayman», - degan katta Klichko.

Kiev shahri hokimi so‘zlariga ko‘ra, u Vladimir ringga ko‘tarilishi va Joshua bilan barcha masalani hal qilishini istaydi.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Klichko va Entoni Joshua o‘rtasidagi jang Londonda 30 aprelga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tdi hamda unda britaniyalik 11-raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi. 27 yoshli angliyalik og‘ir vazn toifasi bo‘yicha Butunjahon boks assosiasiyasi (WBA), Xalqaro boks federasiyasi (IBF) va Xalqaro boks tashkiloti (IBO) yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni nomini qo‘lga kiritdi. Jangdan so‘ng har ikki bokschi revansh jangi bo‘lishi mumkinligini istisno etmadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 17
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 130
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 66
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 176
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 86
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 190
  • So'nggi yangiliklar
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 0
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 17
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 13
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 130
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 66
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 38
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 176
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 86
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 66
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 205
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 190
  • Bo‘limlar