Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi rahbariyatida o‘zgarishlar amalga oshirildi.
Klubning yangi prezidenti etib O‘ztransgaz AK Boshqaruv raisining o‘rinbosari Ulug‘bek Murodillaevich Ashurov tanishtirildi.
Shuningdek, “Bunyodkor” FK bosh direktori sifatida faoliyat yuritgan Boboyev Baxtiyor Melievich o‘z xohishiga ko‘ra, lavozimidan ozod etildi. Klubga yangi bosh direktor etib Murod Boqievich Aliev tayinlandi.