“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 08:05
ЎЗO‘Z

Bugun boks bo‘yicha 29-Osiyo chempionatida 5 nafar hamyurtimiz ringga ko‘tariladi

01 мая, 11:14 5 724 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bugun boks bo‘yicha 29-Osiyo chempionatida 5 nafar hamyurtimiz ringga ko‘tariladi Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida 29-Osiyo chempionati qizg‘in pallaga kira boshladi. Bugun O‘zbekiston terma jamoasida ishtirok etayotgan 5 nafar bokschimiz o‘z janglarini boshlashadi.

Xususan, soat 12:00 da start beriladigan kunduzgi janglarni 56 kg vazn toifasidagi o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliev va turkmanistonlik Muradov Shodlikmurod boshlab berishadi.

Shundan so‘ng, 64 kg vaznli bokschimiz Xoldorov Iqboljon hindistonlik Ashishga qarshi ringga ko‘tariladi.

Soat 18:00 da boshlanadigan kechki bahslarni esa, Rio-2016 g‘olibi Hasanboy Do‘smatov (49 kg) shri-lankalik Palleha Sivankani sinovdan o‘tkazish bilan boshlab beradi.

Keyinroq, 75 kgli akrobat bokschimiz Isroil Madrimov falastinlik Abu Dabat Qosimga qarshi jang olib boradi.

Mazkur juftlik g‘olibi aniq bo‘lgach, ringga yana bir o‘zbekistonlik bokschi ko‘tariladi. 91 kggacha vazn toifasida ishtirok etayotgan Sanjar Tursunov janubiy koreyalik Kim Xyongkyu bilan keyingi bosqich masalasiga oydinlik kiritadi.

Shu munosabat bilan Zamin.uz tahririyati barcha boks muxlislarini hamyurtlarimizni qo‘llab-quvvatlashga chorlab, sportchilarimizga omad tilaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 93
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 87
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 98
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 76
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 72
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 192
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 1
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 21
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 39
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 93
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 58
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 87
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 26
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 276
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 117
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 69
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 108
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 238
  • Bo‘limlar