“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 14:11
ЎЗO‘Z

Klichko qaytdi va yil jangida mag‘lub bo‘ldi

30 apr, 09:33 6 602 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Klichko qaytdi va yil jangida mag‘lub bo‘ldi 30 aprelga o‘tar kechasi Londondagi «Uembli» stadionida professional boksning super-og‘ir vaznidagi vakillari — Vladimir Klichko va Entoni Joshua o‘rtasidagi chempionlik jangi bo‘lib o‘tdi. Jangni stadionda turib 90 ming muxlis tomosha qildi.

IBF yo‘nalishida jahon chempioni va hali biror marta mag‘lubiyatga uchramagan Entoni Joshua so‘nggi yillarda ushbu vaznda mutlaq etakchilik qilib kelgan ukrainalik bokschi Vladimira Klichkoga qarshi himoya va WBA superchempionligi uchun jang o‘tkazib, raqibini 11-raundda nokautga uchratdi.

Qayd etish kerakki, 5-raundda ham ukrainalik bokschi nokdaun holatiga tushgan, ammo o‘z irodasi va xarakterini ko‘rsatib, 6 raundda Joshuani nogdaundga uchratgandi ham. Ammo iroda ko‘rsatish navbati Joshuaga kelganida u buni a’lo darajada namoyish etdi.

Endilikda 27 yoshli Joshua 19 jangda 19 g‘alaba (barchasi – nokaut) qayd etib turibdi, u 41 yoshli Klichko 64 g‘alaba (53 – nokaut) va 5 mag‘lubiyat qayd etgan.

Ma’lumot uchun Klichko 1,5 yildan buyon ringga chiqmagandi. 2012 yilgi Olimpiada chempioni Joshua esa bundan oldinroq IBF kamarini himoya qilgandi.

- Klichko Olimpiada chempioni bo‘lganida Joshua 6 yoshda bo‘lgan.
- Joshua Olimpiadani yutganida Klichko professional ringda 50 dan ortiq jang o‘tkazib bo‘lgandi.
- Ikki yil oldin Joshua Klichko ishtirok etgan mashg‘ulotda sparing sherik rolini o‘ynagandi. O‘shanda Vladimir yosh bokschining ulkan potensiali va kuchiga tan berib, uni og‘ir vazn kelajagi sifatida e’tirof etgandi.
- Shu paytgacha Joshuaga qarshi chiqqan raqiblardan hech kim sakkizinchi raundgacha etib bormagandi.

Mazkur jang videosini ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 110
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 103
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 48
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 174
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 130
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 136
  • So'nggi yangiliklar
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 10
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 109
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 132
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 100
  • Bo‘limlar