“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 06:56
ЎЗO‘Z

«Real» qo‘shimcha bo‘limlarda «Bavariya»ni engdi va yarim finalga chiqdi

19 apr, 02:25 5 411 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Real» qo‘shimcha bo‘limlarda «Bavariya»ni engdi va yarim finalga chiqdi Chempionlar Ligasi chorak final javob bahsidan o‘rin olgan «Real» Madrid – «Bavariya» uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limi asosan madridliklarning tashabbusi ostida kechdi. Uchrashuvning 53-daqiqasida Kazimiro Robbenni o‘z jarima maydonchasi ichida yiqitdi va bu penalti belgilanishiga sabab bo‘ldi. O‘n bir metrlik jarima to‘pini Robert Levandovski aniq bajardi va jamoasini oldinga olib chiqdi.

76-daqiqada Krishtiano Ronaldu muvozanatni tiklagan bo‘lsa, oradan bir daqiqa o‘tar o‘tmas Serxio Ramos o‘z darvozasiga gol kiritib qo‘ydi. Shu tariqa asosiy vaqt 1:2 natijasi bilan tugadi va barcha masala qo‘shimcha bo‘limlarga qoldirildi.

Qo‘shimcha taymning birinchisi o‘z yakuniga etayotgan bir vaqtda Ramos to‘pni jarima maydoniga uzatib berdi, Ronaldu vaziyatni ko‘kka sovurmadi va hisobni tenglashtirdi. 110-daqiqa o‘tib borayotgan bir vaqtda Marselo raqib jarima maydoniga yorib kirdi va to‘pni Ronalduga etkazib berdi, portugaliyalik to‘purar esa ochiq darvaozani nishonga olishda adashmadi.

Oradan ikki daqiqa o‘tib Marko Asensio raqib futbolchilarini birma-bir alab o‘tib navbatdagi «golasso»ni ijro etdi va uchrashuvga nuqta qo‘ydi.

Shu tariqa «Real» qiyin kechgan uchrashuvda «Bavariya» ustidan g‘alabaga erishdi va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Evropa Chempionlar ligasi, chorak final
Real Madrid Ispaniya – Bavariya Germaniya 4:2
Gollar: 0:1 – 53, penalti Levandovski, 1:1 – 76 Ronaldu, 1:2 – 77, avtogol Ramos, 2:2 – 104 Ronaldu, 3:2 – 109 Ronaldu, 4:2 – 112 Asensio.
Real Madrid – Navas, Nacho, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro, Kroos (Kovachich, 114), Isko (Vaskes, 71), Ronaldu, Benzema (Asensio, 64).
Bavariya – Noyer, Boateng, Xummels, Alaba, Lam, Vidal, Xabi Alonso (Myuller, 75), Alkantara, Robben, Riberi (Duglas Kosta, 71), Levandovski (Kimmix, 88).
Ogohlantirishlar: Vidal (5), Kazemiro (40), Xabi Alonso (70), Xummels (75), Robben (101).
Chetlatish: Vidal (84).

Manba: www.uff.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 1
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 57
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 82
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 65
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 64
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 161
  • So'nggi yangiliklar
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 0
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 35
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 57
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 20
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 169
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 78
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 52
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 72
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 196
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 82
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 65
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 64
  • Bo‘limlar