“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 05:44
ЎЗO‘Z

Sergey Lushchan: “Zob Ahan”ga qarshi o‘yin uchun tayyorlagan rejamiz bor

12 mar, 16:51 5 253 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sergey Lushchan: “Zob Ahan”ga qarshi o‘yin uchun tayyorlagan rejamiz bor Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 turniri “S” guruhi 3-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Zob Ahan” uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “qaldirg‘ochlar” ustozi Sergey Lushchan va klub a’zosi Nurullo To‘xtasinov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Ertangi o‘yinda g‘alaba qozonishimiz zarur. Bizga oson bo‘lmaydi, ammo buning uchun harakat qilamiz. “Bunyodkor” yoshlarga ishonishda davom etadi, ular o‘zbek futbolining kelajagi. Akram Komilov sariq kartochkasi tufayli bo‘lajak o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Eldor Shomurodovda biroz charchoq alomatlari bor. Bundan tashqari, u terma jamoa oldida turgan muhim o‘yin uchun jalb qilingan. Ertaga nima bo‘lishini faqat vaqt ko‘rsatadi.

Bo‘lajak o‘yin uchun tayyorlagan rejamiz bor. Bundan tashqari boshqa rejalar ham tuzib qo‘yganmiz. Ammo ular haqida hozir ayta olmayman. Barchasi ertaga maydonda namoyon bo‘ladi”, – dedi Sergey Lushchan.

“Bunyodkor” ertaga faqat g‘alaba uchun maydonga tushadi. Jamoa bunga tayyor, ichki muhit ham yaxshi. Shuning uchun ertangi bahsda muvaffaqiyatga erishmoqchimiz. “Zob Ahan”dan qo‘rqmasdan harakat qilamiz”, – deya o‘z fikrini bildirdi Nurullo To‘xtasinov.
Eslatib o‘tamiz, “Bunyodkor” – “Zob Ahan” bellashuvi ertaga, 13 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida soat 18:00 da boshlanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 0
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 0
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 124
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 88
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 330
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 78
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 124
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 88
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 41
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 91
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 330
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Bo‘limlar