“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 08:21
ЎЗO‘Z

«Barselona» o‘zida «Selta» darvozasigaga javobsiz beshta gol kiritdi

05 mar, 07:16 5 363 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Barselona» o‘zida «Selta» darvozasigaga javobsiz beshta gol kiritdi Ispaniya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan «Barselona» – «Selta» uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. «Kamp Nou»da kechgan bahsda kataloniyaliklar «Selta» darvozasiga javobsiz beshta to‘p yo‘lladilar.

Uchrashuvning 24-daqiqasida Lionel Messi raqib o‘yinchilarini birin-ketin aldab o‘tib, qulay vaziyatga chiqib bordi va to‘pni yaqin burchakka joylab qo‘ydi. 40-daqiqada esa Neymar Messining to‘p uzatishidan so‘ng hisobni oshirdi.

O‘yinning 57-daqiqasida Rakitich o‘z hisobiga gol yozib qo‘ygan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Samuel Umtiti hisobni 4:0 ko‘rinishiga keltirdi. 64-daqiqa Messi o‘z dublini nishonladi va jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi.

Shu tariqa ushbu g‘alaba «Barselona»ni yana birinchi o‘ringa qaytardi, biroq ikkinchi pog‘onada ketayotgan «Real»da bitta zahira o‘yini mavjud.

Ispaniya chempionati, 26-tur

Barselona – Selta 5:0


Gollar: 1:0 – 24 Messi, 2:0 – 40 Neymar, 3:0 – 57 Rakitich, 4:0 – 61 Umtiti, 5:0 – 64 Messi.

Barselona – ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Serji Roberto (Inesta, 67), Rakitich, Buskets (Maskerano, 61), Rafinya, Neymar (Denis Suares, 70), Messi, Suares.

Selta – Alvares, Gomes, Kabral, Kastro, Ronkalya, Vass (Dias, 68), Radoya, Bongonda (Sisto, 51), Malo, Gvidetti (Xosabed, 62), Aspas.

Ogohlantirishlar: Buskets (20), Kabral (36), Radoya (38), Gomes (49).




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 319
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 166
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 66
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 423
  • Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi 30 apr, 17:21 236
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 36
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 319
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 63
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 110
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 97
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 166
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 66
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 423
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 121
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 107
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 112
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 181
  • Bo‘limlar