“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 04:05
ЎЗO‘Z

Rio—2016 Olimpiadasida birinchi bo‘lgan O‘zbekiston boks terma jamoasi WSB’da so‘nggi o‘ringa tushib ketdi

19 fev, 13:01 6 371 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rio—2016 Olimpiadasida birinchi bo‘lgan O‘zbekiston boks terma jamoasi WSB’da so‘nggi o‘ringa tushib ketdi Jahon boks seriyasida ikkinchi bor ishtirok etayotgan Uzbek Tigers jamoasi 2-tur janglaridan keyin guruhda so‘nggi o‘ringa tushib ketdi, deb yozmoqda Daryo nashri.

Xitoyda China Dragons mehmoni bo‘lib, 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan o‘zbekistonlik sportchilar Qozog‘istonda Astana Arlans’dan 1:4 hisobida yengildi.

Kunning ikkinchi o‘yini Xitoyda o‘tib, Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasi mezbonlar ustidan 4:1 hisobida zafar quchdi.

O‘zbekistonlik bokschilar yakuniga etgan 9 ta jangning 6 tasini boy berib ulgurdi. Shuningdek, Elnur Abduraimov jarohati sabab ringga chiqa olmagani uchun, Uzbek Tigers yana bitta ochko boy berdi.

Rio—2016 ishtirokilari hisoblangan Murod Ahmadaliev, Shahram G‘iyosov, Bahodir Jalolov kabi bokschilar ham raqibidan ustun bo‘la olmadi. Faqatgina Bektemir Meliqo‘ziev jamoasiga 1 ochko olib berdi.

Guruhda qozog‘istonlik bokschilar 6 ochko bilan peshqadam. Ular 7 ta jangda g‘olib chiqa olgan. Rossiya termasi esa janglarning 6 tasida ustun kelib, ikkinchi o‘rindan joy olgan.

4 mart kuni Uzbek Tigers rossiyalik sportchilarga qarshi ringga chiqadi. Bellashuvlarga Toshkentdagi «O‘zbekiston» sport majmuasi mezbonlik qiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 33
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 31
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 123
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 73
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 282
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 140
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 94
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 33
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 31
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 52
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 76
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 73
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 123
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 123
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 120
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 432
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 145
  • Bo‘limlar