“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 07:33
ЎЗO‘Z

Bobur Akmalov o‘zbek futbolchilariga: Bunday futbolingizni pishirib eng

14 мая, 14:20 7 867 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bobur Akmalov o‘zbek futbolchilariga: Bunday futbolingizni pishirib eng Jurnalist Bobur Akmalov Oriat Dono radiosi efiri orqali o‘zbek futbol jamoalarining qit’a miqyosidagi mag‘lubiyatlarini qattiq tanqid ostiga oldi, deb yozadi Kun.uz.
“OFK Osiyo Chempionlar Ligasi uchun bizga to‘rtta o‘rin berib, bizning futbolni keragidan ortiqcha baholab yuborgan ekan, – ta’kidlaydi sharhlovchi. – Buni endi bildik. Bizga yarimta yo‘llanma berilishi kerak. Ha, yarimta. Ana shu yarimta yo‘llanma uchun eng kuchli deb sanalgan klublarimiz jon olib, jon berib kurashishlari lozim. Kurashlarda toblangach, Osiyo Chempionlar Ligasiga munosib bo‘lib yagona jamoamiz chiqishi kerak”.

Bundan tashqari, u arablarning “nayranglari”, simulyasiya qo‘llashini, maydonda yotib olishini ro‘kach qilib, mag‘lubiyatini xaspo‘shlashga harakat qiladigan futbol mutasaddilarini tanqidga oldi: “Bulardan har qancha norozi bo‘lsak-da, o‘yin bobida ular bizdan ustun ekanliklarini ko‘rsatdilar”.

Hissiyotlarga berilgan jurnalist tanqidni yanada keskinlashtirib, “futbolchilarni futbolchi deb atashga til bormaydi”, – deb ta’kidladi.
“Shunchalik ham passiv, qiyshiq, ma’nisiz harakatlar qilgan futbolchilarni bu yil birinchi marta ko‘rayapmiz, – qo‘shimcha qildi u. – Stadionga muxlislar kam tushishidan nolib o‘tiribmiz. Ha endi bunday o‘yinlardan keyin kim ham tushardi stadionga? O‘ynayveringlar, o‘zingiz uchun, to‘rtta mutaxassis, besh-olti qarindoshingiz, o‘zingiz va murabbiyingiz uchun o‘ynang futbolingizni. Bizga siz o‘ynaydigan futbolning umuman keragi yo‘q. Bilganingizni qiling. Bu gap Osiyo Chempionlar Ligasida qatnashgan har to‘rtta klubga tegishli. Pishirib eng bunday besamar futbolingizni, janoblar. O‘zbek futbolining sha’niga dog‘ tushirishingiz jonga tegdi”.

Shuningdek, Akmalov tanqid tig‘ini Stanislav Andreevga qarshi qaratdi va futbolchining “Ronalducha turishlari, ayyorona yiqilishlari hamda o‘zini kiborlarcha turishlari”ni eslab o‘tdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 118
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 233
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 353
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 246
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 118
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 182
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 52
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 78
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 154
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 237
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 30
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 45
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Bo‘limlar