“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 20:52
ЎЗO‘Z

“Surxon” futbol jamoasi qayta tashkil etildi

10 fev, 19:47 7 475 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Surxon” futbol jamoasi qayta tashkil etildi Kuni kecha Surxondaryo viloyatida “Surxon” (Termiz) professional futbol klubini qayta tiklash masalasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, viloyat futbol federasiyasi, “Surxon” ( Termiz) professional futbol klubi, “Neftchi” (Jarqo‘rg‘on) futbol klubi rahbarlari, murabbiylar, shahar va tuman hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari hamda boshqa mutasaddi muassasalar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi, deb yozadi Qalampir sayti.

Yig‘ilishni viloyat hokimi, viloyat futbol federasiyasi prezidenti Erkinjon Turdimov olib borar ekan, federasiya faoliyati tanqidiy tahlil qilinib, bugungi kunda futbol ommaviyligini oshirish va rivojlantirish, professional futbolning moddiy-texnik bazasini shakllantirish bo‘yicha mavjud muammolar ta’kidlab o‘tildi.

Yig‘ilishda, 2016 yilgi mavsum yakuniga ko‘ra, o‘tish turnirida munosib qatnashgan “Neftchi” jamoasi birinchi ligaga yo‘llanma olgan bo‘lsa-da, uy uchrashuvlarni o‘tkazish uchun Jarqo‘rg‘on tumanida yaratilgan shart-sharoitlar, sport bazasi va stadioni O‘zbekiston Professional futbol ligasi talablariga javob bermasligi qayd etib o‘tildi.

Shu tufayli viloyat hokimligi viloyat futbol federasiyasi va “Neftchi” futbol klubi rahbariyati bilan kelishilgan holda mamlakat birinchi ligasida 2017 yilgi mavsumda “Surxon” (Termiz) professional futbol klubi qatnashishi ma’lum qilindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 1
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 22
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 10
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 99
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 29
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 133
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 23
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 31
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 22
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 10
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 101
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 62
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 83
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 100
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 218
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 61
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 99
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 29
  • Bo‘limlar