“Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim hazil tariqasida jamoa himoyachisi Serxio Ramosning o‘yindagi o‘rniga izoh berdi, deb yozadi Kun.uz.
“Men Ramosga undan qachondir markaziy hujumchi sifatida foydalanishga va’da berdim”, – dedi italiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi chorak finalida “Atletiko”ga qarshi kechgan uchrashuvda Serxio Ramos yarim himoyachi sifatida maydonga tushgan edi.