“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 07:46
ЎЗO‘Z

«Real» safarda «Selta» bilan durang o‘ynadi va Ispaniya kubogidan chiqib ketdi

26 yanv, 23:49 5 472 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Real» safarda «Selta» bilan durang o‘ynadi va Ispaniya kubogidan chiqib ketdi Ispaniya Kubogi chorak final javob bahsidan o‘rin olgan «Selta» – «Real» Madrid uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. Ushbu uchrashuvda tomonlar murosa yo‘lini tanladilar, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra esa «Selta» keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Birinchi bo‘lim yakunlanib borayotgan bir vaqtda Danilo o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Uchrashuvning 62-daqiqasida Ronaldu hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa, 85-daqiqada «Selta» vakili Vass jamoasini yana hisobda oldinga olib chiqdi.

Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Lukas Vaskes tomonidan kiritilgan gol madridlik futbolchilarni qutqarib qololmadi va «Selta» avvalgi uchrashuvdagi g‘alaba tufayli yarim finalga yo‘l oldi.

Ispaniya Kubogi

Chorak final, Javob uchrashuvi

Selta – Real Madrid 2:2 (1:0, 1:2)


Gollar: 1:0 – 44, avtogol Danilo, 1:1 – 62 Ronaldu, 2:1 – 85 Vass, 2:2 – 90 Vaskes.

Selta – Alvares, Malo, Kastro, Kabral, Ronkalya, Vass (Gomes, 88), Radoya, Dias, Bongonda, Aspas (Fontas, 90), Gvidetti (Xosabed, 84).

Real Madrid – Kasilya, Nacho, Ramos, Danilo, Kroos, Kovachich, Kazemiro (Dias, 89), Asensio (Vaskes, 76), Isko (Morata, 80), Benzema, Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Malo (35), Vass (54), Kastro (72), Danilo (75).

Dastlabki uchrashuv: 2:1




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 119
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 233
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 353
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 246
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 118
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 182
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 52
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 78
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 154
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 237
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 30
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 45
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Bo‘limlar