“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 06:20
ЎЗO‘Z

"Real"ning 40 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasiga "Sevilya" chek qo‘ydi

16 yanv, 12:00 5 653 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Real"ning 40 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasiga "Sevilya" chek qo‘ydi Madridning "Real" klubi Ispaniya primerosi 16-turi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda "Sevilya"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa “Qirollik klubi”ning 40 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘yildi. O‘z maydonida muxlislari qo‘llab-quvvatlashi orqali Stevan Yovetich (90) va Serxio Ramos (85) ning avtogollari evaziga g‘alaba qozongan sevilyaliklar Madrid klubining salkam bir yillik zafarli yurishiga chek qo‘yishdi. "Real" uchun Krishtianu Ronaldu (67)ning goli kamlik qildi.

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi avvalgi uchrashuv, 12 yanvar kuni Ispaniya kubogi doirasida o‘tkazilib, unda durang qayd etilgandi – 3:3. Bu natija evaziga “Real” barcha turnirlarni qo‘shib hisoblaganda mag‘lubiyatsiz o‘yinlar soni bo‘yicha “Barselona” rekordini yangilagandi. Hozirga qadar hech bir klub 40 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriya sohibi bo‘lmagan.
So‘nggi bor "Real" 2016 yil aprelida Chempionlar ligasi 1/4 finalida "Volfsbug" klubiga imkoniyatni boy bergandi - 0:2. O‘shandan beri madridliklar 30 bor zafar quchishdi va 10 marta raqiblari bilan murosa ko‘chasini tanladilar.
"Real" musobaqa jadvalida 17 uchrashuvdan keyin 40 ochko jamg‘argan holda etakchilik qilmoqda. Bu g‘alaba orqali "Sevilya" esa ikkinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi (18 o‘yin, 39 ochko). Uchinchi o‘rinda esa "Barselona" (18 – 38) jamoasi ketmoqda.
Avvalgi rekordni qayd etgan «Barselona» 2015 yil oktyabridan 2016 yil martiga qadar ketma-ket 39 bahsda mag‘lubiyat nimaligini bilishmagandi.
Yana bir qiziq fakt, “Real” bundan atigi bir tur oldin, primeroning 15-turida ham rekord qayd etgandi. O‘shanda «Deportivo»ni mag‘lub etgan (3:2) Zayniddin Zidan shogirdlari mag‘lubiyatsiz seriyani 35 o‘yinga etkazib, 1989 yilda qayd etilgan 34 o‘yinlik o‘z rekordlarini yangilagandilar.

Manba: Vodiymedia.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 0
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 11
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 214
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 118
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 356
  • So'nggi yangiliklar
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 6
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 11
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 214
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 65
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 118
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 106
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 97
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 136
  • Bo‘limlar