“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 11:54
ЎЗO‘Z

Islom To‘xtaxo‘jaev: Qur’a bizga o‘tgan yilgidan ko‘ra biroz osonroq raqiblarni taqdim etdi

13 dek, 19:20 9 377 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Islom To‘xtaxo‘jaev: Qur’a bizga o‘tgan yilgidan ko‘ra biroz osonroq raqiblarni taqdim etdi Xabaringiz bor, bugun Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida qit’amizdagi klublar miqyosidagi eng nufuzli musobaqa sanaladigan Osiyo Chempionlar Ligasi 2017 mavsumi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, mamlakatimizning amaldagi chempioni – Toshkentning “Lokomotiv” klubi musobaqadaning “A” guruhidan o‘rin oldi va "Al Ahli" (BAA), "Al Tavun" (S. Arabistoni) hamda Pley-off 3 g‘olibiga qarshi bahs olib borishi oydinlashdi.

“Temiryo‘lchilar” jamoasi a’zosi Islom To‘xtaxo‘jaev klub matbuot xizmatiga qur’a borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Bu safargi qur’a bizga o‘tgan yilgidan ko‘ra biroz osonroq raqiblarni taqdim etdi, desam xato bo‘lmasa kerak. Zero 2016 yilgi o‘rin olgan guruhimizda nomdor raqiblar soni ko‘proq edi. Ammo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida kuchsiz raqibning o‘zi bo‘lmaydi. Shu boisdan bu gal ham har bir raqib bilan bo‘ladigan o‘yinga jiddiy hozirlik ko‘rishimiz talab etiladi. Guruhda qaysidir jamoani yaqqol favorit va qaysinidir autsayder deya olmayman.
Barchasi mavsum start olgach jamoalarning qay darajada tayyor ekaniga bog‘liq bo‘ladi.

Ortda qolgan mavsumda OChLda yomon qatnashmadik. Biroq musobaqada zafar quchmas ekansan, ishtirokni yaxshi deya baholay olmaysan kishi. Shu sababli bu safar endi qit’amizning nufuzli turnirida g‘alaba qozonishga urinamiz.

Shu o‘rinda, Chempionlar Ligasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan “Nasaf” va “Bunyodkor” jamoalariga ham omad tilayman va umid qilamanki, ular ham guruh bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi, - deydi tajribali himoyachi.

Manba: www.lokomotiv.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 0
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 0
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 44
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • Bo‘limlar