“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 09:02
ЎЗO‘Z

Server Jeparov: OChL–2017da yarim finalga qadar borishni ko‘zlayapmiz

13 dek, 19:19 5 541 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Server Jeparov: OChL–2017da yarim finalga qadar borishni ko‘zlayapmiz Bilasiz, bugun qit’amizdagi klublar miqyosidagi eng nufuzli musobaqa sanaladigan Osiyo Chempionlar Ligasi 2017 mavsumi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, mamlakatimizning amaldagi chempioni – Toshkentning “Lokomotiv” klubi musobaqadaning “A” guruhidan o‘rin oldi va "Al Ahli" (BAA), "Al Tavun" (S. Arabistoni) hamda Pley-off 3 g‘olibiga qarshi bahs olib borishi oydinlashdi.

“Temiryo‘lchilar” jamoasi a’zosi Server Jeparov klub matbuot xizmatiga qur’a borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Qur’aga ko‘ra biz o‘rin olgan guruhga u qadar kuchli jamoalar tushmadi. Aytmoqchimanki, o‘ynasa va yutsa bo‘ladigan jamoalar bilan bir guruhdan joy oldik.

Lekin raqiblarni mensimaslik va ularga etarlicha baho bera olmaslik pand berib qo‘yishi ham mumkin. Sababi hozirda Osiyo Chempionlar Ligasida kuchsiz jamoalar yo‘q. Xatto o‘z mamlakatida 2 yoki 3-o‘rinlarni egallagan holda Chempionlar Ligasiga chiqadigan jamoalar ham yomon o‘yin ko‘rsatishmayapti.

Lekin ushbu guruhdan chiqa olishimizga ko‘zim etyapti. Agar yangi mavsumga yaxshi hozirlik ko‘rsak, albatta o‘z muxlislarimizni chiroyli g‘alabalar bilan xushnud etamiz. 2017 yilda kamida yarim finalga qadar etib borishni ko‘zlayapmiz. O‘ylashimcha, “Lokomotiv” ushbu tarkib bilan bu vazifani uddalay oladi, - deydi tajribali yarim himoyachi.

Manba: www.lokomotiv.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 236
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 248
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 119
  • So'nggi yangiliklar
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 1
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 0
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 236
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • Bo‘limlar