“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 07:10
ЎЗO‘Z

Vadim Abramov: Bunday sharmandalik uchun muxlislardan kechirim so‘rayman

18 mar, 11:19 5 987 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Vadim Abramov: Bunday sharmandalik uchun muxlislardan kechirim so‘rayman Doha, 17 mart – “Al-Sadd” va “Lokomotiv” o‘rtasida kechgan, ayanchli o‘yin o‘z nihoyasiga etgach, Vadim Abramov matbuot anjumaniga tushkun kayfiyatda kirib keldi. O‘yin haqidagi taassurotlar borasida so‘ralganda, “bunday hunuk o‘yin bo‘yicha tafsilotim yo‘q, bevosita savollarga o‘tsak bo‘ladi”, – deya javob qaytardi Abramov.

- “Jamoangiz bilan nima sodir bo‘ldi, uchrashuvni ancha tetik boshlagan edingiz”, – deya savol bilan yuzlandi “beIN Sports” muxbiri.

- “O‘yin bunday tus olishini tushimda ham ko‘rmagandim. Avvallambor “Al-Cadd”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Bizning o‘yinga kelsak, yigitlarimiz huddiki birinchi bor maydonga tushganday o‘zini yosh bolalardek tutishdi. Kerakmas joyda penalti ishlandi, shundan so‘ng o‘yin tizgini qo‘ldan ketdi. Bu vaziyatni hali chuqur o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Sharmandalarcha yutqazdik, uyalganimdan yuzim shuud bo‘ldi. Muxlislardan bunday alamni boshlaridan kechirganlari uchun kechirim so‘rayman. O‘zimni va jamoamni oqlash uchun, hech qanday sabab yo‘q”, – deydi Abramov.

- “Nima sababdan, Mullajonovni (uchinchi raqamdagi o‘yinchini), markaziy himoyachini olib tashlab, o‘rniga yarim himoyachini tushirdingiz?”


- “O‘yinchi unga qo‘yilgan vazifani amalga bajarmagach, maydonni tark etishi kerak. Biroq, Raxmatullaev ham himoya chizig‘iga yordam berib, tezroq hujumga kirishish uchun qo‘yildi. Hujumkor o‘yin namoyish qilib, oldinga chiqib olishimiz kerak edi shuninig uchun bu qarorga kelgandim, ammo bu futbol, har doim ham biz o‘ylaganday bo‘lmaydi”.

- “Hakamlik haqida fikringiz?”

- “Hakamlarni baholash uchun inspektor bor, bu uning ishi. Biroq, OFK hakamlarni tanlaganida ularning professionalligiga ko‘proq e’tibor bersa yaxshi bo‘lardi. Uquvsiz va e’tiborsiz hakam butun o‘yinni sindirishi mumkin”.

- “Guruhdan chiqish uchun imkoniyatingizni qanday baholaysiz, hali ham umid bormi?”

- “Umid hamisha bor, biroq men keyingi o‘yinlar haqida emas, aynan shu o‘yin bo‘yicha javob berish uchun keldim. Nima ham derdim, omad yuz o‘girdi, o‘yinimiz o‘xshamadi. Uyat”.

Matbuot anjumanini tugatib, stadiondan chiqib ketayotgan Abramovni uning kasbdoshi, Bora Milutinovich kutib oldi. Hozirgi kunda Milutinovich, Iroq terma jamoasiga murabbiylik qilib, Dohada yashab kelmoqda.

Milutinovich standionga o‘yinni tomosha qilgani kelgan ekan. Vadim Abramovga dalda bo‘lar ekan, Bora “yigitlaring nimalar qilyapti o‘zi Vadim”, – deya kinoya bilan gapirdi.

Ikki kasbdosh 10 daqiqa davomida iliq gaplashib, bir birlariga omad tilab, tarqalishdi. Biz Bora Milutinovichdan vaziyatdan foydalanib blis intervyu olishga muvaffaq bo‘ldik.

Manba: www.kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 0
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 49
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 111
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 154
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 251
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 500
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 1
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 0
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 45
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 22
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 40
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 40
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 72
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 59
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 49
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 172
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 37
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 154
  • Bo‘limlar