“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 13:30
ЎЗO‘Z

Osiyo o‘yinlari. 3ta oltin, 1ta kumush, 1ta bronza bilan 9-o‘rindamiz!

01 okt, 08:48 6 621 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Osiyo o‘yinlari. 3ta oltin, 1ta kumush, 1ta bronza bilan 9-o‘rindamiz! O‘z tarixida beshinchi bor o‘tkazilayotgan qit’a o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegasiyasi ham bir nechta sport turlarida ishtirok etyapti. Kecha o‘tkazilgan bahslardan so‘ng terma jamoamiz hisobidagi medallar soni 5taga etdi. Shulardan 3ta oltin, bittasi kumush, bittasi bronza medalidir. Bu haqda "Olamsport" sayti xabar berdi.

Kecha sambo bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada sportchilarimiz bittadan oltin va bronza medalini terma jamoamizga taqdim etishdi. -90 kg vazn toifasida gilamga chiqqan Ikromjon Yo‘ldoshev barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, shoxsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Ayollar o‘rtasidagi 56 kg vazn toifasidagi bahslarida ishtirok etgan Malikabonu Mirzaeva bronza medali bilan taqdirlandi. Musobaqalar yakunlanishiga bir kun qolgan bir paytda terma jamoamiz 5ta medal bilan umumjamoa hisobida 11-o‘rindan 9-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

37ta oltin, 32ta kumush, 36ta bronza, jami 105ta medal jamg‘argan Vetnam terma jamoasi hamon katta farq bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi. Ikkinchi o‘rindan joy olgan Tailand terma jamoasi hisobida 29ta oltin, 21ta kumush, 27ta bronza medali bor. Kuchli uchlikka 11ta oltin, 16ta kumush, 16ta bronza medalini jamg‘argan Xitoy terma jamoasi yakun yasagan.

Kuchli o‘ntalikdan Eron, Iordaniya, BAA, Mo‘g‘uliston, Kambodja va Qatar terma jamoalari o‘rin olishgan. Jami 25ta mamlakat terma jamoalari hisobida kamida bittadan oltin medal bor. O‘ttiz beshta terma jamoa esa kamida bitta bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, terma jamoamizga musobaqaning ilk kunlarida uch nafar kurashchimiz 2ta oltin va bitta kumush medalini taqdim etishgandi. -66 kg vazn toifasida Mirjon To‘xtaev, -73 kg vaznda Suhrob Xudoyberdiev Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylanishgan bo‘lsa, -81 kg vazn toifasidagi vakilimiz Muhammadali Shamsiddinov kumush medal bilan taqdirlangandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 158
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 362
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 165
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 13
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 17
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 138
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 74
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 62
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar