“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 07:44
ЎЗO‘Z

Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlari qay tartibda mukofotlanishi ma’lum bo‘ldi

21 sen, 08:56 6 959 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlari qay tartibda mukofotlanishi ma’lum bo‘ldi Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XV yozgi paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlarini pul mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning farmoyishi imzolangan. Bu haqda O‘zbekiston televideniesi orqali ma’lum qilindi, deyiladi "Kun" nashrida.

Unga ko‘ra, oltin medal olgan paralimpiyachilarga 200 ming dollar, kumush medal olgan paralimpiyachilarga 100 ming dollar, bronza medal olgan sportchilarga esa 75 ming dollar miqdoridagi pul mukofotlari tayinlangan.

Pul mukofotlarini to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan xorijiy valyutada – AQSh dollarida, bankda jismoniy shaxslar uchun belgilangan tartibda ochiladigan depozit hisob raqamlaridan, soliq undirilmasdan amalga oshiriladi.

Farmoyishda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu maqsadlar uchun zarur pul mablag‘lari o‘z vaqtida ajratilishini ta’minlab, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki esa O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgaliqda ajratilgan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha belgilangan tartibda konvertasiya qilishi belgilangan.

Shuningdek, sportchilarga O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi Olimpiyachilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan sotib olingan “Malibu” markali yengil avtomobillari topshiriladi.

Ushbu farmoyish asosida jismoniy shaxslarga berilgan yengil avtomobillar qiymatiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi.

XV Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston hisobiga medallar olib kelgan barcha sportchilar ro‘yxati:

Oltin medallar:
1. Sherzod Namozov - dzyudo (60 kg);
2. O‘tkirjon Nigmatov - dzyudo (66 kg);
3. Husniddin Norbekov - disk uloqtirish;
4. Odil Tulindebaev - dzyudo (100+ kg.);
5. Fotimaxon Amilova - brass usulida suzish (100 m.);
6. Firdavsbek Musabekov - brass usulida suzish (100 m.);
7. Aleksandr Svechnikov - nayza uloqtirish;
8. Nozimaxon Qayumova - nayza uloqtirish.

Kumush medallar:
1. Kirill Pankov - batterflyay usulida suzish (100 m.);
2. Muslima Odilova - batterflyay usulida suzish (100 m.);
3. Xaytjon Alimova - dzyudo (70+ kg.);
4. Fotimaxon Amilova - kompleks usulda suzish (200 m.);
5. Sofiya Burxonova - yadro uloqtirish;
6. Muslima Odilova - erkin usulda suzish (50 m.).

Bronza medallar:
1. Sevinch Salaeva - dzyudo (62 kg);
2. Muzaffar Tursunxo‘jaev - batterflyay usulida suzish (100 m.);
3. Fotimaxon Amilova - batterflyay usulida suzish (100 m.);
4. Tursunposhsha Nurmatova - dzyudo (63 kg.);
5. Feruz Sayidov - dzyudo (73 kg.);
6. Server Ibragimov - pistoletda 10 m.ga o‘q otish;
7. Shirin Sharipov - dzyudo (100 kg.);
8. Shuxrat Boboyev - dzyudo (90 kg.);
9. Gulruh Rahimova - dzyudo (70 kg.);
10. Shohsanam Toshpo‘latova - kompleks usulda suzish (200 m.);
11. Doniyor Soliev - uzunlikka sakrash;
12. Ahror Bozorov - paurlifting (80 kg.);
13. Dmitriy Xorlin - erkin usulda suzish (400 m.);
14. O‘zbekiston jamoasi - 4x100 metrga yugurish bo‘yicha jamoaviy estafeta;
15. Husniddin Norbekov - yadro uloqtirish;
16. Muzaffar Tursunxo‘jaev - erkin usulda suzish (50 m.);
17. Shohsanam Toshpo‘latova - erkin usulda suzish (50 m.).




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 119
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 233
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 353
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 246
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 118
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 182
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 52
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 78
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 154
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 237
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 30
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 45
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Bo‘limlar