“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 07:51
ЎЗO‘Z

Samvel Babayan: Geynrix – terma jamoa uchun doim borini berishga tayyor

02 sen, 12:55 6 262 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samvel Babayan: Geynrix – terma jamoa uchun doim borini berishga tayyor O‘zbekiston – Suriya uchrashuvidan keyin bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan jurnalistlarning savollariga javob berdi.

“Eng avvalo, bizni qo‘llab-quvvatlab turgani uchun muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Yigitlar g‘alaba qozonib, bayramni davom ettirish uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qilishdi.

Ushbu bosqichni g‘alaba bilan boshlab oldik. Haydarov va Ahmedovlarga alohida minnatdorchilik bildiraman. Ular kichik jarohatlari bo‘lsada, matonat ko‘rsatib, bor imkoniyatlarini ishga solib, jamoaga yordam berdi.

Suriya juda yaxshi jamoa. Bu haqida oldin ham aytib o‘tgandim. Balki, mahorat borasida ular biroz tajribasizdirlar. Biroq, kurashish borasida ular juda yaxshi taassurot qoldirdi.

Biz deyarli yarim yillik tanaffusdan so‘ng rasmiy o‘yin o‘tkazdik va muhimi g‘alaba qozondik.

Afsuski, ba’zi futbolchilarimiz hali to‘liq formaga kirishib keta olmadilar. Umid qilamanki, ular keyingi o‘yinga tayyor holga keladilar.

Geynrix hali qarib qolgani yo‘q. U zaxiradan tushib, o‘yinni o‘zgartirib yubora oladigan futbolchi. Uning pasportdagi yoshini menga ahamiyati yo‘q. Muhimi, u terma jamoa uchun borini berishga tayyor.

Hozirdan boshlab Qatarga qarshi tayyorgarlik ko‘rishni boshlaymiz. Ertaga tiklanish mashqlarini bajaramiz. Qatarga 4 sentyabr kuni jo‘nab ketamiz. O‘sha o‘yinda bizga Krimes ham yordam berishi mumkin bo‘ladi. Keyingi o‘yin juda muhim hisoblanadi.

Biz oxirigacha kurasha olamiz", - deydi O‘zbekiston milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Samvel Babayan.

Manba: www.the-uff.com




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 188
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 73
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 111
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 52
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 331
  • Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi 30 apr, 17:21 226
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 0
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 186
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 36
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 73
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 75
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 111
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 52
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 329
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 96
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 86
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 98
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 156
  • Bo‘limlar