“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 09:50
ЎЗO‘Z

Maksim Shaskix: Terma jamoadagi faoliyatimdan mamnunman

19 avg, 12:41 6 432 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Maksim Shaskix: Terma jamoadagi faoliyatimdan mamnunman O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar Maksim Shaskix ayni kunlarda Ukrainada, o‘zi uchun faoliyatidagi eng qadrli klublardan biri hisoblangan Kievning “Dinamo” klubida murabbiy sifatida faoliyatini davom ettirmoqda. Aniqog‘i, Dinamoning U-19 yoshlar jamoasida yosh futbolchilarga murabbiylik qilib kelmoqda.

Ayni kunlarda murabbiylik bilan shug‘ullanayotgan va Kievda istiqomat qilayotgan milliy terma jamoaning sobiq hujumchisi sports.uz portaliga ekslyuziv intervyu berdi va faoliyat bilan bog‘liq bir qator qiziqarli voqealar haqida so‘zlab berdi.

Quyida Maksim Shaskixning inetrvyusidan o‘rin olgan eng muhim vaziyatlar va uning faoliyatiga oid qiziqarli faktlar bilan tanishish mumkin.

Maksim Shaskix fenomeni

Maksim Shaskix iste’dod va qattiq mexnat evaziga qayerda bo‘lmasin katta yutuqlarga erisha olish mumkinligini isbotlay olgan hujumchilardan biri hisoblanadi. Ajoyib goleador, iste’dod egasi hisoblangan Shaskix deyarli butun futbolchilik faoliyatini Ukrainada o‘tkazdi. "Dinamo Kiev" safida ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritdi, klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘ldi. Shuningdek, klub safida Evropa Chempionlar Ligasida qit’aning eng kuchli jamoalariga qarshi o‘ynagan kam sonli osiyolik futbolchilardan biri bo‘ldi. Eng asosiysi esa, hamma havas qilgulik oila egasi bo‘ldi. Maksim Shaskix butun faoliyati davomida mexnatkash va tinib bilmaydigan futbolchi sifatida barchaga o‘rnak bo‘la oldi.

O‘zbekiston terma jamoasidagi faoliyatida unga armon bo‘lib qolgan vaziyat haqida

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq sardori, terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib turgan hujumchi klublar miqyosida ko‘plab yutuqlarga erishdi. Terma jamoa safida qit’a miqyosidagi ko‘plab turnirlarda ishtirok etdi va bir qator muhim gollarga mualliflik qildi. Ammo, terma jamoa bilan mundialga chiqa olmaganini o‘zi uchun armon ekanini ta’kidadi. “Terma jamoadagi faoliyatimdan mamnunman, ammo Jahon chempionatiga yo‘l ola olmaganimdan, afsusdaman”.

Futboldagi ilk saboqlari, katta futboldagi kumiri va futbol oilasi haqida

"Katta futbolga ko‘pchilik bolalar qatori ko‘cha futbolidan kirib kelganman. Ammo, futbolga tasodifan kirib qolganman deya olmayman. Futbolga kirib kelishimga sababchi bo‘lgan sabab oilam deya olaman. Boisi, otam havaskor futbolchi sifatida to‘p surgan bo‘lsa, mendan to‘rt yosh katta akam futbolda o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotgan va futbol maktabida ancha iste’dodli hujumchi sifatida tanilgan edi. Uning o‘yinlariga hafas qilar edim. Meni to‘rt yoshimda Bolalar va O‘smirlar sport maktabiga (BO‘SM) olib borishgan. Mening birinchi murabbiyim Sergey Mixaylovich Kovalev bo‘lgan. Futboldagi ilk bilimlarimni aynan shu insondan o‘rganganman. Hozir ham, ilk murabbiyim bilan aloqalarimiz yaxshi".

Menga fransuzlar Zinedin Zidan hamda Mishel Platinining o‘yinlari yoqar edi. Ular namoyish etadigan o‘yin ixlosmandi edim. Ammo, futboldagi kumirim akam bo‘lgan. Har doim uningdek futbolchi bo‘lishga intilganman..

Evropa Chempionlar Ligasida gol urgan ilk osiyolik futbolchi

Evropa Chempionlar Ligasi umuman boshqa dunyo, boshqa turnir. Bu turnirda o‘ynash sharaf. Bu gimn, atmosfera. Bularni so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi. Buni his qilib ko‘rish kerak.

Faoliyatidagi eng esda qolarli gollar haqida

Butun professional faoliyatim davomida kiritgan har bir gol men uchun qadrli. Esimda qolgan va men uchun qadrli bo‘lgan gollar ko‘p. Ammo, bir golning qadri men uchun juda baland. Bu, Evropa Chempionlar Ligasi (2002-2003 yilgi mavsum) doirasida o‘z maydonimizda "Nyukasl" darvozasiga kiritgan golim.

O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi har bir o‘yin qadri

"O‘zbekistonda tug‘ildim va shu erda ulg‘aydim. Bu mening vatanim. Aynan u menga hayotga yo‘llanma bergan. Men O‘zbekiston terma jamoasida o‘ynaganimdan faxrlanaman. Ishontirib aytamanki, O‘zbekiston terma jamoasi libosida o‘tkazgan har bir o‘yinda butun borimni berib o‘ynaganman. Terma jamoa safida o‘tkazgan har bir o‘yin men uchun qadrli va har bir o‘yinda professional burchimni sidqidildan, bor mehrim bilan ado etganman. Albatta, terma jamoam bilan Jahon chempionatiga chiqa olmaganimdan biroz hafaman.

Ammo, muxlislarning senga bo‘lgan xurmati va muxabbati undan ham qadrli. Muxlislarning seni qadrlashi va yaxshi ko‘rishlari har bir futbolchi uchun eng katta yutuq. Ukraina esa, mening ikkinchi vatanim. Professinal futbolchi sifatida tanilishimda bu erdagi faoliyatim eng katta rol o‘ynagan. Bu erda oilam va uyim bor. “Dinamo” safida 10 yil to‘p surdim va bu katta baxt. “Dinamo” katta oila. Katta futbolda uzoq vaqt qolishning siri esa, mexnat. Boshqa bo‘lishi mumkin emas."

Ma’lumot uchun: Maksim Shaskix O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi – 61ta o‘yin, 34ta gol.

Ukraina chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purar nomi ham aynan Maksim Shaskixga tegishgli. U Ukraina chempionatlarida 124ta gol kiritib Sergey Rebrovning rekordini yangiladi.

O‘zbekiston terma jamoasidagi faoliyatini 2014 yilning 29 may kuni Toshkentda Ummonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng yakunlagan.

2003 yilda Osiyoning eng yaxshi futbolchilari ro‘yxatida uchinchi, 2005 yilda esa, ikkinchi o‘rinda qayd etilgan.

Evropa Chempionlar Ligasida gol kiritgan ilk Osiyolik futbolchi.

To‘rta marotaba O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan – 2003, 2005, 2006 hamda 2007 yillar

Manba: www.fut.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 1
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 36
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 47
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 39
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 130
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 66
  • So'nggi yangiliklar
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 0
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 0
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 36
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 140
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 127
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 47
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 39
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 130
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 124
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 95
  • Bo‘limlar