Evropa Ligasi turnirining pley-off bosqichi ilk o‘yinida Rossiyaning “Krasnodar” klubi o‘z maydonida Albaniyaning “Partizani” futbolchilariga qarshi bahs olib bordi, deb
yozmoqda "Darakchi" nashri.
“Krasnodar” safida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Odil Ahmedov to‘p suradi. Mazkur o‘yinda hamyurtimiz 66 daqiqa maydonda harakat qilib, jamoasining 4:0 hisobidani g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi.
Javob o‘yini Albaniyada bo‘lib o‘tadi.
“Krasnodar” (Rossiya) – “Partizani” (Albaniya) 4:0 (3:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 18, penalti Joaozino, 2:0 – 27 Smolov, 3:0 – 45 Endjeychik, 4:0 – 73, avtogol Krasniki.
“Krasnodar” – Krisyuk, Martыnovich, Endjeychik, Kaleshin, Grankvist, Pereyra (Gazinskiy, 62), Odil Odil Ahmedov (Kuassi, 66), Kabore, Joaozino, Smolov (Torbinskiy, 76), Ari.
“Partizani” – Xodja, Ibraximi (Feyzulaxu, 64), Krasniki, Arapi, Ramadani, Bata, Trashi, Bardi (Fili, 64), Vilya, Ekuban, Torassa.
Ogohlantirishlar: Endjeychik (24), Grankvist (38), Trashi (60).