“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 02:39
ЎЗO‘Z

Hasanboy Do‘stmatov O‘zbekistonga ilk oltin medalni olib berdi

14 avg, 23:49 7 129 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hasanboy Do‘stmatov O‘zbekistonga ilk oltin medalni olib berdi Bugun Rio-Olimpiadasining boks bo‘yicha musobaqachida birinchi final bahsi o‘tkazildi. 14 avgust O‘zbekiston sporti tarixiga kiradigan kun bo‘ldi.
49 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi turnirda o‘zbekistonlik Hasanboy Do‘stmatov Kolumbiya vakili Yuberxen Martines Rivasga qarshi ringga chiqdi.
Jang o‘zbekistonlik bokschining to‘liq ustunligida o‘tdi va hakamlar yakunda Hasanboy Do‘stmatovga g‘alaba berishdi. Yakuniy baho - 3:0 — 29:28, 30:27, 30:27.
Bu esa O‘zbekiston delegasiyasiga Rio-2016 olimpiadasidagi ilk oltin medalni olib keldi.

Do‘stmatov o‘zi orzu qilgani kabi Muhammadqodir Abdullaevning natijasini takrorladi. 2000 yildan buyon ilk marta O‘zbekiston boks terma jamoasi oltin medalga ega bo‘ldi. Olimpiadalarda boks bo‘yicha birinchi va oxirgi oltin medalni o‘zbekistonlik sportchi 16 yil avval — Sidney Olimpiadasida olgandi. O‘shanda Andijon sport maktabi vakili Muhammadqodir Abdullaevdan O‘zbekistonga oltin medal olib qaytgandi.
Hasanboy Do‘stmatov hal qiluvchi finalga qadar 3 nafar raqibining har birini uchta raund natijasiga ko‘ra mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi. Bular: meksikalik Xoselito Velaskes, qozog‘istonlik Birjan Jakipov va amerikalik Niko Ernandes.


Manba:Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 67
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 70
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 297
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 72
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 55
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 234
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 67
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 70
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 35
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 79
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 297
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Bo‘limlar