“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 07:52
ЎЗO‘Z

Prevyu. Hasanboy Do‘stmatov - Sidney-2000 o‘yinlaridan beri finalda jang qiladigan ilk o‘zbekistonlik bokschi

14 avg, 17:59 6 623 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prevyu. Hasanboy Do‘stmatov - Sidney-2000 o‘yinlaridan beri finalda jang qiladigan ilk o‘zbekistonlik bokschi Rio-2016 doirasida 49 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi turnir finaliga yo‘l olgan o‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘stmatov bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:15da kolumbiyalik Yuberxen Martinez Rivasga qarshi ringga ko‘tariladi.

Do‘stmatov 2000 yilgi Sidney Olimpiadasi chempioni Muhammadqodir Abdullaevdan keyin Olimpiada o‘yinlarining final bosqichiga chiqqan o‘zbekistonlik birinchi bokschi bo‘ldi.
Do‘stmatov Olimpiadadagi ilk jangini meksikalik Xoselito Velaskesga qarshi o‘tkazib, 3:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

U 1/8 finalda meksikalik Xoselito Velaskesni, 1/4 finalda qozog‘istonlik Birjan Jakipovni ham 3:0 hisoblarida engdi.

Do‘stmatovning 1/2 finaldagi raqibi amerikalik Fernandes Niko Anxel bo‘ldi va bu jang ham "o‘zbek Pakyaosi"ning to‘la ustunligi ostida o‘tib, u finalga chiqdi.

Kolumbiyalik sportchi ishtirokini 1/16 finalda boshlagandi. U avvaliga braziliyalik Patrik Lourensoni turnirdan chiqarib yubordi. 1/8 finalda esa filippinlik Rojen Ladon ustidan ham 3:0 hisobida zafar quchdi.

1/8 finalda Martines Rivas ispaniyalik bokschi Samuel Kamrona Erediyani 2:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, 1/2 finalda kubalik Xoanis Arxilagosni shu hisob bilan engdi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 1
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 17
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 132
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 66
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 177
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 86
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 0
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 1
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 1
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 17
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 13
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 130
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 66
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 38
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 176
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 86
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 66
  • Bo‘limlar