“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 09:51
ЎЗO‘Z

Terma jamoamiz “Borussiya D” U-23 bilan durang o‘ynadi

18 iyul, 12:25 6 345 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Terma jamoamiz “Borussiya D” U-23 bilan durang o‘ynadi 2018 yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi o‘quv-mashg‘ulotlarini Avstriyada o‘tkazmoqda.

Ushbu o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida Samvel Babayan boshchiligidagi jamoa “Borussiya Dortmund” klubining 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchichlaridan tashkil topgan jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, durang natija qayd etdi. Bu haqda O‘FF rasmiy sayti xabar bermoqda.

17 iyul kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinda O‘zbekiston milliy terma jamoasi kiritgan yagona golga Eldor Shomurodov mualliflik qildi. Germaniyaliklar ham bir bora Nesterov qo‘riqlagan darvozani ishg‘ol qildi. Hisob 1:1 bo‘lib turgan bir vaqtda, Jamshid Iskanderov 11 metrlik jarima to‘pini golga aylantira olmadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasining Avstriyadagi yig‘ini 6 iyul kuni boshlangan va u 21 iyulga qadar davom etadi.
Ta’kidlash kerakki, ayni vaqtda O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh-2018 uchinchi saralash bosqichi oldidan Iroq hamda Yaman terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazish borasida kelishuvi bor. Iroq bilan o‘tkaziladigan nazorat uchrashuvi 24 iyul kuni, Toshketdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

Yamanga qarshi kechadigan nazorat o‘yini esa 24 avgustga belgilangan. Ushbu o‘yin ham “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Har ikki ucharshuv Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
17.07.2016, Avstriya.
O‘zbekiston – “Borussiya Dortmund” U-23 1:1

O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov (Eldor Suyunov), Stanislav Andreev (Aleksandr Merzlyakov), Azim Ahmedov, Kamoliddin Tojiev (Ruslan Melzitdinov), Davron Xoshimov (Akmal Shorahmedov), Salamat Qutiboyev (Javohir Sohibov), Otabek Shukurov, Jasur Hasanov (Akrom Komilov), Marat Bikmaev (Sherzod Karimov), Jamshid Iskanderov (Doston Hamdamov), Eldor Shomurodov (Murodbek Bobojonov)




Mavzuga oid yangiliklar
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 0
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 0
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 95
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 54
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 225
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 95
  • So'nggi yangiliklar
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 0
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 0
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 8
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 20
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 79
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 221
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 95
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 54
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 114
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 168
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 149
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 225
  • Bo‘limlar