"Barselona" klubi hujumchisi Lionel Messi Turkiyaga rejalashtirgan safarini qoldirishga qaror qildi. Bunga ushbu mamlakatda yuz bergan Istambuldagi tartibsizliklar sabab bo‘lgan.
Argentinalik forvard Antaliyada sobiq jamoadoshi Samuel Eto'O tashkil qilgan hayriya uchrashuvida ishtirok etishi kerak edi. Biroq endi futbolchi oilasi bilan hordiq chiqarayotgan Ibisa orolida qolishni ma’qul ko‘rdi.
Eslatib o‘tamiz, Eto'O tashkil qilgan o‘yinda – Karles Puyol, Erik Abidal, Deko, Neymar, Luis Suares, Franchesko Totti, Eden Azar, Andres Inesta va hattoki, Diego Armando Maradona kabi ko‘plab jahon yulduzlari qatnashishi ko‘zda tutilgan edi.