“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 21:13
ЎЗO‘Z

Sports.ru "Nasaf" - "So‘g‘diyona" o‘yini kelishilgan o‘yin bo‘lganini bildirdi

29 iyun, 12:58 6 061 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sports.ru "Nasaf" - "So‘g‘diyona" o‘yini kelishilgan o‘yin bo‘lganini bildirdi Sports.ru sayti blogeri O‘zbekiston chempionatining yana bir uchrashuvi kelishilgan bo‘lganini taxmin etdi, deyiladi "Kun" nashrida.

Saytdagi «Uzbekskaya kuxnya» nomida faoliyat yuritadigan blog o‘zbek futboli haqidagi tahliliy materiallarni berib boradi. Uning navbatdagi sonida jurnalist Evdokim Raimovning "Hamma yo‘llar Qarshiga olib boradi" nomli posti e’lon qilindi. Unda 26 iyun kuni Oliy liganing 14-turi doirasida Qarshi shahrida mahalliy "Nasaf" va Jizzaxning "So‘g‘diyona" jamoalari uchrashuvi tahlil qilingan.

Uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozongan va bu natijadan keyin "Nasaf" turnir jadvalining uchinchi pog‘onasiga ko‘tarilgan. O‘yinning birinchi bo‘limida qarshiliklar 2:0 hisobida oldinga chiqib olishgan. Oxirgi 10 daqiqalik boshlanganida esa 1 gol o‘tkazib yuborilgan.

Quyida Evdokimovning ushbu uchrashuv bo‘yicha mulohazalari bayon qilingan post tarjimasi keltiriladi.

12 mart kuni blogimizda «So‘g‘diyona» klubi matbuot xizmati «Chempion» gazetasini sudga bermoqchi ekani haqida yozgan edik. Gap shundaki, gazeta «Boshlab berarkansizlarda» sarlavhasi bilan «Metallurg» hamda «So‘g‘diyona» klublari ishtirokidagi o‘yinning toza o‘tmasligiga ishora qilgan. Biroq klub «Chempion»ni sudga bermadi va klub matbuot xizmati bu nashrga bosim o‘tkazishni bas qildi. Chunki o‘sha o‘yin rostdan ham barcha «taxmin»larni oqladi.

«So‘g‘diyona» jamoasi bosh murabbiyi Davron Fayziev uchinchi marta bizning blogimiz mehmoni bo‘lmoqda. 2014 yilda ham uning «o‘yin»lari haqida gaplashgan edik. E’tibor bering, «So‘g‘diyona» birinchi davrada «Metallurg» va «Navbahor» mehmoni bo‘lib bir xil 2:4 hisoblarida imkoniyatni boy berdi. Ikkinchi davrada esa har ikki jamoani 5:4 hisoblari bilan mag‘lub etdi.

BU BIRINChIDAN
Blog o‘quvchilarining 63 foizi fikricha, O‘zbekiston chempionatining joriy mavsumi birinchi turidan o‘rin olgan «Metallurg» hamda «So‘g‘diyona» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin kelishilgan. Chunki o‘yin davomida futbolchilar o‘zlarini g‘alati tutishgan. Mish-mishlarga qaraganda «So‘g‘diyona» murabbiyi o‘zining g‘alabasiga «tikkan».

BU IKKINChIDAN
Endi bugunning gapiga o‘tamiz. 26 iyun kuni «So‘g‘diyona» Qarshida «Nasaf» mehmoni bo‘ldi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bir qarashda etakchilardan birining kutilgan g‘alabasi, lekin kiritilgan gollar o‘yinning u qadar toza o‘tmaganini ko‘rsatadi.

Birinchidan. Bu o‘yinda mehmonlar darvozasini Timur G‘aniev qo‘riqladi. Bizning eski qadrdonimiz «Nasaf»ning hujumi vaqtida to‘pni ushlab oldi va «kutilmaganda» uni oldidagi raqib hujumchisi oldiga tashlab berdi. Bundan foydalangan Deyan Bolevich osonlik bilan gol urib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga etkazdi.
Eng asosiysi. G‘aniev sakkizinchi turdan buyon asosiy tarkibdagi o‘rnini boy bergan edi, lekin kechagi o‘yin oldidan jamoaning asosiy darvozaboni Muzaffar Abdullaev «kutilmaganda» betob bo‘lib qoldi.

Ikkinchidan. «Nasaf» himoyasi.
Kecha «Nasaf»ning uch nafar asosiy himoyachisi Maqsud Karimov, Sherzod A’zamov va Shuhrat Muhammadiev maydonga tushmadi. Ularning hech birida jarohat yo‘q edi. «Nasaf»ning chempionlar ligasida o‘yini bormidi? Yoki Evroda? Yo‘q. To‘rtinchi sariq kartochkani olish xavfi ham yo‘q edi. «So‘g‘diyona»ning yagona goliga Farrux Shotursunov mualliflik qildi. Bir qarashda oddiy qarshi hujum, lekin darvozabon yaqin burchakka yo‘llangan kuchsiz zarbani o‘tkazib yuborgan.
Xulllas mana shunaqa gaplar...




Mavzuga oid yangiliklar
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 35
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 36
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 15
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 22
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 104
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 89
  • So'nggi yangiliklar
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 3
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 35
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 36
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 15
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 22
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 95
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 28
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 113
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 38
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 147
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 41
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 60
  • Bo‘limlar