“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 09:50
ЎЗO‘Z

Ulug‘bek Baqoyev «Navbahor»ga o‘tmoqda

26 fev, 18:23 6 353 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ulug‘bek Baqoyev «Navbahor»ga o‘tmoqda Kecha bolgariyalik darvozabon Emil Mixaylov "Navbahor" bilan bilan xayrlashganligi haqida xabar berilgandi. Bugun esa darvozabon borasidagi masalala o‘z echimini topdi. Murabbiylar shtabi oldingi mavsumlarni Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi darvozasini qo‘riqlab kelayotgan Aleksandr Melenchuk bilan muzokaralarga kirishishgandi. Ma’lum vaqt davom etgan muzokaralardan keyin moldovalik posbon “Navbahor”ga o‘tishga qaror qildi. 2014 yilgi chempionatda “So‘g‘diyona” sharafini himoya qilgan Melenchuk barcha 26 uchrashuvda maydonga tushib, barchasida 90 daqiqa davomida to‘p surganligini aytib o‘tish joiz. Mavsumlar oralig‘ida jizzaxliklar bilan xayrlashgan Melenchuk bugun kechqurun Toshkentga etib kelib, jamoamiz safiga qo‘shiladi.

Shu bilan birgalikda, murabbiylar shtabini kuchaytirish maqsadida malakali mutaxassis qidirilayotganligi haqida xabar berib o‘tgandik. Olib borilgan muzokaralar natijasida bugun maslahatchi murabbiy borasida ham bir to‘xtamga kelindi. Endilikda, “Navbahor”da Islom Ahmedov maslahatchi murabbiy sifatida faoliyat yuritadigan bo‘ldi. Mamlakatimiz muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan ushbu mutaxassis so‘nggi paytlarda OFK yo‘riqchisi sifatida ishlayotgandi. Yurtimizdagi yosh murabbiylarni tarbiyalashda samarali tarzda mehnat qilayotgan Ahmedovni jamoamizga foydasi tegishi aniq. O‘yinlarni tahlil qilish borasida katta salohiyatga ega bo‘lgan murabbiy endilikda bor bilim va mahoratini jamoamiz ravnaqi va rivoji uchun ishga soladigan bo‘ldi.

Yurtimizning tajribali hujumchilaridan biri Ulug‘bek Baqoyev shu kunlarda “Navbahor” tarkibiga qo‘shiladi. Faoliyatini asosiy qismini Qozog‘istonda o‘tkazgan futbolchi o‘tgan mavsum ikkinchi yarmida yurtimizga qaytib, “Buxoro” jamoasi bilan shartnoma imzolab, buxoroliklar sharafini ikkinchi davra davomida to‘qqizta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini uch bor nishonga olgandi. Mavsumlar oralig‘ida hujumchi ma’lum vaqt davomida G‘uzorning “Sho‘rtan” mashg‘ulotlarida ham qatnashishga ulgurgandi.

Manba: www.uff.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 0
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 0
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 3
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 85
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 126
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 159
  • So'nggi yangiliklar
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 0
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 1
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 0
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 0
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 3
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 80
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 51
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 79
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 38
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 64
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 97
  • Bo‘limlar