“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 08:28
ЎЗO‘Z

​Pep Gvardiola Angliyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yulduzlar

03 iyun, 10:41 6 734 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
​Pep Gvardiola Angliyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yulduzlar "Manchester Siti" jamoasi yangi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yozgi transfer vaqtida tarkibni sezilarli darajada kuchaytirishga bel bog‘lagan, deb yozmoqda "Telegraf" nashri. Gvardiola bir qator futbolchilarni ko‘z ostiga olgan. Xususan, Ilkay Gyundogan ham shaharliklarga kelib qo‘shildi. Endilikda yana bir qator o‘yinchilar tashrif buyurishlari mumkin. Quyida shu charm to‘p ustalari borasida so‘z yuritamiz.

Tomas Myuller
Klubi: "Bavariya"
Transfer bahosi: 60 million evro

Gvardiola o‘z shogirdlari qatorida "Bavariya"dan Tomas Myullerni ham taklif qilmoqchi. Myuller transferi uchun shaharliklar 60 million evro sarflashga tayyor ekanligini ma’lum qilgan. Biroq Gvardiola bu maqsadiga erisha olmasligi mumkin. Bunga "Bavariya" yo‘l bermasligi haqiqatga yaqin. Chunki myunxenliklar Tomas Myullerni sotmoqchi emas. Shunga qaramay, "Manchester Siti" Tomasni sotib olishni rejalashtirmoqda.

Isko
Klubi: "Real" Madrid
Transfer bahosi: 45 million evro

Isko "Manchester Siti"ning transfer bozorida xarid qilmoqchi bo‘lgan futbolchilari ro‘yxatidan joy olgan. Albatta, Gvardiola iqtidorli bo‘lgan charm to‘p ustasini o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda. Buning uchun "Real"ning roziligi kerak. Qolaversa, tomonlar o‘zaro kelisha olishsa, Isko "Manchester Siti"da to‘p surishga rozi. Har holda shaharliklar Isko transferiga katta mablag‘ ajratgan. Shuningdek, unga ulkan maosh taklif qilingan.

Tiago Alkantara
Klubi: "Bavariya"
Transfer bahosi: 15 million evro

Gvardiolaning suyukli shogirdi so‘zsiz Tiago Alkantara hisoblanadi. Ular o‘zaro "Barselona"da ishlagan. Keyinchalik murabbiy Bavariyaga o‘tganidan keyin Alkantarani yoniga chaqirgandi. Oradan hech qancha vaqt o‘tgani yo‘q. "Manchester Siti"ga kelgach, Alkantara bilan yana birga ishlash rejasi borligini ma’lum qilmoqda. Ko‘ramiz, bu gal ham ustoz va shogird ishi Angliyada ham davom etadimikan?

Daniel Alves
Klubi: "Barselona"
Transfer bahosi: 20 million evro

Kataloniya klubini tark etishi kutilayotgan Alves "Manchester Siti"ga ko‘chib o‘tishi ehtimoli bor. Unga Gvardiolaning shaxsan o‘zi qiziqmoqda hamda sobiq shogirdini Angliyaga taklif qilmoqda. Alvesning "Manchester Siti"ga o‘tishi qiyindek tuyulmoqda. Chunki "PSJ" ham braziliyalik himoyachini sotib olishga asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi. Shu boisdan transferning amalga oshishida shaharliklarga qiyin bo‘lishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 249
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 384
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 246
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar