“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 02:36
ЎЗO‘Z

Angliyaning eng boy futbolchilari

26 мая, 17:34 7 719 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Angliyaning eng boy futbolchilari Ingliz nashrlari ushbu mamlakatda to‘p surayotgan eng boy futbolchilari ro‘yxatini aniqladi. E’tiborlisi, futbolga ixtisoslashgan nashrlar tuzgan ro‘yxatdan asosan 30 yoshli o‘yinchilar joy olishdi. E’tiborlisi, birinchi o‘rinni “Manchester Yunayted” hujumchisi Ueyn Runi egalladi.

Ueyn Runi (“Manchester Yunayted”)
Umumiy boyligi: 82 million funt sterling

Runi bugungi kunda APLda eng ko‘p maosh oladigan futbolchi hisoblanadi. Uning haftalik maoshi 300 ming funtni tashkil qiladi. Ortda qolgan yilda “Shrek” “Nike” va “Samsung” kompaniyalari bilan tuzilgan shaxsiy shartnomalari orqali katta daromadga ega bo‘ldi. O‘tgan yilga nisbatan Runining topayotgan daromadi 10 million funtga ko‘tarildi. Hozirda uning umumiy daromadi 82 million funtni tashkil qilmoqda.

Serxio Aguero (“Manchester Siti”)
Umumiy boyligi: 33 million funt sterling

Ikkinchi o‘rin sohibi sifatida “Manchester Siti” etakchisi Serxio Aguero egalladi. Argentinalik hujumchi ham katta miqdorda maosh oladigan futbolchilar sirasiga kiradi. Umumiy daromadining ko‘pchilik qismini aynan “shaharliklar”da o‘tkazayotgan o‘yinlari bilan ishlab topgan. O‘tgan yilga qaraganda, uning yillik daromadi 7 million funtga ko‘tarilgan. Bunga turli reklama roliklaridan topgan pullari ham kiritilgan.

David Silva (“Manchester Siti”)
Umumiy boyligi: 31 million funt sterling

Maydon markazida fantastik o‘yinlar namoyish qila oladigan Silva ham bugungi kunda Britaniya futbolida eng boy sportchilardan biri desa bo‘ladi. Chunki Silva ham “shaharliklar”da juda katta miqdorda maosh ishlab topadi. Bundan tashqari, reklama roliklaridan ham ancha-muncha gonararlar kelib turadi. Shundan kelib chiqib, Silvaning yillik daromadi 6 million funtga ko‘tarildi va umumiy boyligi 31 mlnga etdi.

Sesk Fabrges (“Chelsi”)
Umumiy boyligi: 29 million funt sterling

“Chelsi”da yaxshigina daromad topadigan Fabreges ushbu ro‘yxatni beshinchi pog‘onasini band qildi. Hozirda Seskning boyligi 29 million funtni tashkil qilmoqda. Ilgari “Arsenal” va “Barselona”da to‘plagan mablag‘lari ham kiritilgan. U ham reklama roliklari orqali gonarar ishlab topmoqda.

Samir Nasri (“Manchester Siti”)
Umumiy boyligi: 22 million funt sterling

Ingliz yurtida “Manchester Siti” futbolchilarga maosh to‘lash borasida boshqalardan ustunlik qilmoqda. Shu boisdan Nasrining umumiy boyligi anchani tashkil qilmoqda. Haftalik maoshi salkam 200 ming funtga etadigan fransiyalik yarim himoyachi ham eng boy futbolchilrdan biridir.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 215
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 325
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 241
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 150
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar