“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 23:18
ЎЗO‘Z

Anons: Bugun Bazelda «Sevilya» va «Liverpul» o‘rtasida Evropa Ligasi finali bo‘lib o‘tadi

18 мая, 10:37 5 334 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Anons: Bugun Bazelda «Sevilya» va «Liverpul» o‘rtasida Evropa Ligasi finali bo‘lib o‘tadi Bugun Shveysariyaning Bazel shahrida joylashgan «Sankt-Yakob Park» stadionida Evropa Ligasining joriy mavsumdagi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Unda bosh sovrin uchun turnirning amaldagi g‘olibi - «Sevilya» (Ispaniya) va «Liverpul» (Angliya) jamoalari maydonga tushishadi.

Bo‘lajak final UEFA kubogini ham hisobga olganda, turnirning 45-hal qiluvchi uchrashuvidir. Musobaqa Evropa Ligasi nomini olganidan keyingi davr uchun esa, hisob bo‘yicha 7-finaldir, deyiladi "Kun" nashrida.

«Sevilya» 2006, 2007, 2014 va 2015 yillarda bu turnir finalida g‘alaba qozongan.

«Liverpul» esa turnir UEFA Kubogi deb atalgan vaqtlarda, 1973, 1976 va 2001 yillardagi finallar g‘olibi bo‘lgan.

Bugungi finalda g‘olib chiqqan jamoa 15 kilogrammli kubok bilan birga keyingi mavsumda EChLning guruh bahslarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Qayd etish kerakki, ikki jamoa ham ichki chempionatlar yakuniga ko‘ra, EChL yo‘llanmasiga ega bo‘la olmadi, «Liverpul» APL yakunlariga ko‘ra, sakkizinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, «Sevilya» La Ligada ettinchi o‘rin sohibi bo‘ldi. Unay Emeri jamoasi oxirgi 9ta turdan faqat bittasida, «Betis»ga qarshi derbida g‘alaba qozona oldi.

«Liverpul» Evropa Ligasida «Rubin», «Son» va «Bordo» jamoalariga qarshi bahslar o‘tkazdi. Guruh bosqichida birinchi o‘rinni egallagan jamoa keyingi bosqichlarda «Augsburg» (0:0, 1:0), «MYu» (2:0, 1:1), «Borussiya D» (1:1, 4:3) hamda «Vilyarreal» (0:1, 3:0) jamoalarini ortda qoldirdi.

«Sevilya» esa mavsumni EChLda boshladi. «Yuventus», «Manchester Siti» va «Borussiya M» bilan guruhda uchinchi o‘rinni egallagan jamoa ELning pley-off uchrashuvlarida «Malmyo» (3:0, 0:1), «Bazel» (0:0, 3:0), «Atletik» (2:1, 1:2, penaltilar bo‘yicha 5:4) va «Shaxtyor» (2:2, 3:1) jamoalari to‘sig‘idan o‘tdi.

Final Toshkent vaqti bilan soat - 21:45da boshlanadi. O‘yinga shvesiyalik Yunas Eriksson hakamlik qiladi.

UEFA kubogiga 1971 yili asos solingan. Unga qadar ham ayni shu tartibda o‘tkaziladigan musobaqa bo‘lgandi. Faqat, uni Yarmarkalar kubogi, deb atashgan. 2008-2009 yillar mavsumidan boshlab, musobaqa formati o‘zgartirildi va turnirga Evropa Ligasi nomi berildi. 1998 yilga qadar mazkur turnirda o‘z mamlakati kubogini qo‘lga kiritgan jamoalar ishtirok etmasdi. O‘sha mavsumdan boshlab Kubok egalari kubogi turniri UEFA kubogi bilan birlashtirildi. Shuningdek, o‘yinlar format bo‘yicha xuddi EChL singari o‘tkazila boshlandi.

Shu o‘rinda aytish joiz, UEFA Yarmarkalar kubogini rasman tan olmagan. Shu bois ham, o‘sha musobaqada 2 marta zafar quchgan «Lids Yunayted» UEFAning evrokuboklarda g‘olib chiqqan jamoalar ro‘yxatida yo‘q.

UEFA kubogining ilk sohibi Londonning «Tottenhem Hotspur» klubidir. «Shporlar» 2ta o‘yin natijasiga ko‘ra, «Vulverhempton Uonderers»ni 3:2 hisobida mag‘lub etishgan. Umuman olganda, turnirda turli yillarda 26ta klub zafar quchgan. Shundan 11tasi kubokni ikki marta yoki ko‘proq qo‘lga kiritgan. G‘oliblik shohsupasiga 4 marta ko‘tarilgan «Sevilya» bu borada rekordchi hisoblanadi. Mamlakatlar miqyosida Italiya va Ispaniya vakillari eng yaxshi natijaga ega - 9 martadan g‘oliblik.

Evropa Ligasi guruh bosqichida ishtirok etgan har bir klub 640 ming evrodan oladi. Shuningdek, har bir o‘yin uchun 60 mingdan beriladi. Guruh bosqichidagi g‘alabaning bahosi - 140 ming, durangniki - 70 ming evro. «Pley-off» bosqichiga yo‘l olgan jamoa qo‘shimcha 200 ming oladi. Shu tariqa, mukofot puli miqdori oshib boraveradi: nimchorak final uchun - 300 ming, chorak final uchun - 400 ming, yarim final uchun - 700 ming evro. Finalchiga 2 million evro berilsa, g‘olib jamoa o‘z g‘aznasini yana 3 million evroga boyitadi. Taqqoslash uchun, Evropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga chiqqan klub 3,9 million evro oladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 0
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 32
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 190
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 121
  • So'nggi yangiliklar
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 0
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 0
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 1
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • Bo‘limlar