“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 03:52
ЎЗO‘Z

Dostonbek Hamdamov OFK jurnaliga intervyu berdi

28 apr, 22:11 5 378 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dostonbek Hamdamov OFK jurnaliga intervyu berdi O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchi – Dostonbek Hamdamov Osiyo Futbol Konfederasiyasi yilning har choragida chop etadigan Osiyo futboli haqidagi jurnali qahramonlaridan biriga aylandi, deb xabar beriladi "Darakchi" nashrida.

“Porlayotgan yulduz” sarlavhasi ostida chop etilgan maqolada “Bunyodkor” hujumchisining 2015 yilda Yangi Zelandiyada bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida namoyish etgan yorqin o‘yinlari, futbolchining klubdagi faoliyati hamda Osiyo chempionlar ligasi o‘yinlarida orttirayotgan tajribasi haqida so‘z boradi.

2015 yilda Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi deya e’tirof etilgan Hamdamov OFK rasmiy jurnaliga bergan intervyusida yoshlar o‘rtasidagi mundial haqida to‘xtalib, shunday deydi:

“20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati biz uchun katta tajriba bo‘ldi. Biz mundialda o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni namoyish etib, O‘zbekiston futboli saviyasini namoyish etishga intildik. Maqsadimiz ushbu yirik musobaqaning yarim finaliga qadar etib borish edi. Afsuski, jamoa Senegalga mag‘lub bo‘ldi. Men diskvalifikasiya sabab o‘sha o‘yinda ishtirok eta olmagandim. Men uchun bu juda og‘ir palla bo‘lgandi.

Biroq, men o‘sha chempionatdagi ikki voqeani boshqalardan ko‘ra yaxshiroq yodda saqlab qolganman. Birinchisi, nimchorak finalda Avstriyaga urgan ikki golim. O‘sha gollar jamoani chorak finalga yo‘l olishida muhim o‘rin tutgandi. Ikkinchisi esa, Germaniyaga qarshi guruh bosqichidagi o‘yinimiz. Bu o‘yinda mag‘lub bo‘lganimizga qaramay, biz uchun katta dars vazifasini o‘tab bergandi”.

Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida e’tirof etilgani borasida to‘xtalar ekan, Doston quyidagi fikrlarni bildiradi:

“Osiyoda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida e’tirof e’tilishim men uchun katta sharaf. Buni kutmagandim. Barcha nomzodlar “Bunyodkor” va O‘zbekiston U20 jamoasi a’zolari bo‘ldi. Shunday ekan, bu yutuq faqatgina meniki emas, men bilan shu yo‘llarni birga bosib o‘tgan jamoadoshlarimniki hamdir, deb hisoblayman”.

Suhbat davomida futbolga kirib kelishi, 2012 yilda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi safida Osiyo chempionligini qo‘lga kiritishi, “Bunyodkor” asosiy tarkibidagi debyuti hamda Osiyo chempionlar ligasi haqida ham so‘z yuritiladi. Xususan OChL ucharshuvlarida “Bunyodkor” safida o‘tkazgan o‘yinlari haqida so‘zlar ekan, shunday deydi:

“Osiyo chempionlar ligasi menga juda katta tajriba maktabini o‘tab beryapti. Bu esa menga faoliyatim davomida juda asqotadi. OChLda har bir o‘yin juda kuchli jamoalarga qarshi kechadi. Men qit’aning eng nufuzli musobaqasida o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘layotganimdan baxtiyorman va o‘zimni omadli inson deb bilaman”.

O‘zining ayni vaqtdagi orzusi haqida so‘ralganida Dostonbek Hamdamov quyidagicha javob beradi:

“O‘tgan yil men uchun omadli va yaxshi voqealarga boy bo‘ldi. Ayni vaqtdagi maqsadim esa milliy terma jamoa safida 2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga borishdan iborat. O‘zbekistonda har bir muxlis, har bir futbolchini mana shu istak bilan yashaydi. Umid qilamanki, milliy terma jamoa tarkibiga kira olaman va jamoaning Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqishida hissamni qo‘shaman”.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 22
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 96
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 146
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 235
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 480
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 84
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 11
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 6
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 16
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 14
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 37
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 27
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 22
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 124
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 24
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 99
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 67
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 65
  • Bo‘limlar