“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 10:07
ЎЗO‘Z

Angliya Kubogi. Final «Manchester Yunayted» va «Kristal Pelas» jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladi

25 apr, 09:36 5 674 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Angliya Kubogi. Final «Manchester Yunayted» va «Kristal Pelas» jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladi 24 aprel kuni Angliya Kubogi yarim finalining ikkinchi juftligida «Kristal Pelas» va «Uotford» jamoalari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi, deb yozmoqda "KUN" nashri. Unda Alan Pardyu shogirdlari Yannik Bolase va Konnor Uikhem tomonidan urilgan gollar evaziga g‘alaba qozondi.

«Kristal Pelas» yarim finalga qadar «Riding», «Tottenhem», «Stok Siti», «Sauthempton» kabi klublar to‘sig‘idan o‘tib kelgandi. «Uotford» esa chorak finalda turnir tarixida eng ko‘p marta (19 marta) finalga chiqqan «Arsenal»ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra turnirda chiqarib yubordi. «Arsenal» 19 finalning 12tasida muvaffaqiyat qozongan. Jamoa oxirgi 2 mavsumda ushbu turnir g‘olibi bo‘lgandi.

Endi jamoa bir kun oldin «Everton»ning engib finalga chiqqan «Manchester Yunayted»ga qarshi bahs o‘tkazadi.

«Manchester Yunayted» ham bu mavsumda o‘z tarixida 19-bor Angliya Kubogining finalida to‘p suradi va bu borada «Arsenal»ga etib oladi. «Manchester Yunayted» hozircha 11 marta Angliya Kubogi sohibiga aylangan.

O‘z tarixida 135-marta bo‘lib o‘tayotgan Angliya Kubogi finali 21 mayga belgilangan. Final bahsi an’anaga ko‘ra Londondagi «Uembli» o‘yingohida o‘tkaziladi.

Angliya kubogi, Yarim final
24 aprel, shanba
«Kristal Pelas» — «Uotford» 2:1
Gollar: Yannik Bolase, 6 (1:0). Troy Dini, 55 (1:1). Konnor Uikhem, 61 (2:1).
Kristal Pelas – Xennessi, Denn, Suare, Uord, Dileyni, Kabay, Edinak, Panchon (Sako, 81), Zaa, Bolase (Makartur, 74), Uikxem (Adebayor, 86).
Uotford – Pantilimon, Britos, Ketkart, Nom (Anya, 82), Abdi (Gediura, 55), Ake, Uotson, Kapu (Suares, 32), Xurado, Igalo, Dini.
Ogohlantirishlar: Xurado (38), Denn (54), Suares (79), Dini (90).




Mavzuga oid yangiliklar
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 158
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 143
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 293
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 2
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 43
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 43
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 158
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 143
  • Bo‘limlar