“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 06:47
ЎЗO‘Z

Oliy liga, 6-tur. «Lokomotiv», «Olmaliq»,«Qizilqum» va "Nasaf"da g‘alabalar

24 apr, 23:32 6 462 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oliy liga, 6-tur. «Lokomotiv», «Olmaliq»,«Qizilqum» va "Nasaf"da g‘alabalar O‘zbekiston Oliy ligasining 6-turidan o‘rin olgan yana to‘rt uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi. Ularda turli natijalar qayd etildi.

Jumladan “Qizilqum“ mehmonda “Qo‘qon-1912“ darvozasiga javobsiz uchta gol kiritdi. Navoiyliklar safida gollarga Shevchenko, Jo‘raev va Vahobovlar mualliflik qilishdi.

“Lokomotiv“ G‘uzorda “Sho‘rtan“ni 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Dastlab, o‘yinning 8-daqiqasida Salim Mustafoyev hisobni ochgan bo‘lsa, 77-daqiqaga kelib Server Jeparov raqib darvozasiga ikkinchi golni kiritdi.

“Olmaliq” muxlislari qarshisida “Navbahor”ni taslim etdi. Mezbonlar tomonidan Inomov va Tojievning gollariga, mehmonlar Rajabovning yagona goli bilan javob qaytarishga muvaffaq bo‘lishdi.

“Buxoro” hamda “Nasaf” klublari o‘rtasidagi uchrashuv 0:2 hisobi qayd etilib, qarshiliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dastlab, o‘yinning 9-daqiqasidayoq Sherzod A’zamov hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida esa Azamat Allaniyozov raqib darvozasiga ikkinchi golni kiritib, yakuniy 0:2 hisobini tabloda aks ettirdi.

O‘zbekiston Oliy ligasi, 6-tur

“Qo‘qon-1912” – “Qizilqum” - 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 - 15 Vyacheslav Shevchenko, 0:2 - 62 Sherali Jo‘raev, 0:3 - 64 Bahriddin Vahobov.
“Qo‘qon-1912”: 16. Andrey Baklanov, 4. Mirjalol Qurbonov,5. Jalil Kimsanov, 6. Bahodir Akramov, 7. Otabek Zokirov, 9. Nosir Otaqo‘ziev, 11. Navro‘z Alimov, 20. Doston Tursunov, 23. Furqat Hasanboyev, 24. Ilya Ilin, 28. Abdullox Olimov.
“Qizilqum”: 1. Erkin Jabborov, 5. Giorgi Kvesieshvili, 7. Sarvar Xolmatov, 8. Akmal Rustamov, 10. Bahriddin Vahobov, 20. Vyacheslav Shevchenko, 23. Sherali Jo‘raev, 25. Aziz Usmonov, 27. Ilhom Yunusov, 33. Andrey Derkach, 99. Alisher Yusupov.

“Sho‘rtan” – “Lokomotiv” - 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 - 8 Salim Mustafoyev, 0:2 - 77 Server Jeparov.
"Sho‘rtan": 1.Eldor Tojiboyev, 3.Hasanboy Ergashev, 5.Botir Qoraev, 6.Abbos Omonov, 7.Olim Karimov, 8.Sunnatilla Mamadaliev, 9.Igor Taran, 14.Umar Eshmurodov, 18.Eldor Boymatov, 22.Laziz Ubaydullaev, 25.Asror Aliqulov.
"Lokomotiv": 1.Ignatiy Nesterov, 5.Kaxi Maxaradze, 8.Server Jeparov, 10.Marat Bikmaev, 15.Sardor Mirzaev, 17.Salim Mustafoyev, 18.Temur Kapadze, 33.Oleg Zoteev, 37.Sherzod Fayziev, 44.Sergey Proxorov, 77.Jasur Hasanov.

“Olmaliq” – “Navbahor” - 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 - 2 Islom Inomov, 2:0 - 19 Farhod Tojiev, 2:1 - 65 Anvar Rajabov.
"Olmaliq": 35.Nikita Shkvirin, 3.Saidkomil Akbarov, 5.Evgeniy Gogol, 6.Rahmatullo Berdimurodov, 7.Arslonmurod Omonov, 10.Farhod Tojiev, 11.Zohir Pirimov, 14.Doniyor Ismoilov, 17.Muhammad Isaev, 19.Islom Inomov, 27.Nikita Pavlenko.
"Navbahor": 25.Akmal Ortiqov, 3.Aziz G‘ulomxo‘jaev, 7.Akram Baxritdinov, 9.Dilshod Jabborov, 11.Mo‘ydin Mamazulumov, 13.Choy Xyun Xeon, 15.Obid Jo‘raboyev, 21.A’zam Aliev, 29.Igor Golban, 33.Tohir Shamsiddinov, 77.Oleksandr Pishur.

“Buxoro” – “Nasaf” - 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 - 9 Sherzod A’zamov, 0:2 - 90 Azamat Allaniyozov.
"Buxoro": 1.Muhiddin Xudoyorov, 8.Salamat Quttiboyev, 10.Shavkat Salomov, 11.San’at Shixov, 16.Artyom Filiposyan, 23.Aleksandr Merzlyakov, 61.Aziz Ibragimov, 85.Ruslan Melzetdinov, 87.Alisher Sanoyev, 93.Maksimilian Fomin, 97.Kamoliddin Murzoyev.
"Nasaf: 25.Eldorbek Suyunov, 4.Maqsud Karimov, 23.Sherzod A’zamov, 6.Azizjon G‘aniev, 7.Shuhrat Muhammadiev, 10.Dilshod Rahmatullaev, 18.Bahrom Abdurahimov, 14.Sharof Muhitdinov, 21.Azamat Allaniyozov, 31.Saydullo Rahmatov, 45. Bobur Abduxoliqov.

Manba: uff.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 0
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 0
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 12
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 215
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 119
  • So'nggi yangiliklar
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 6
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 11
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 214
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 65
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 118
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 106
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 97
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 136
  • Bo‘limlar