“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 00:26
ЎЗO‘Z

"PSJ" kamchilikda "Lill"ga to‘p urib, Fransuz ligasi kubogi g‘olibi bo‘ldi

24 apr, 08:36 5 153 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"PSJ" kamchilikda "Lill"ga to‘p urib, Fransuz ligasi kubogi g‘olibi bo‘ldi 23 aprelda Parijdagi "Stad de Frans" stadionida Fransuz ligasi kubogi finalida "PSJ" va "Lill" klublari uchrashdi, deb xabar beriladi "Kun"da.

Uchrashuvda hisobni "PSJ" yarimhimoyachisi Xaver Pastore 40-daqiqada ochdi. 49-daqiqada "Lill" himoyachisi Jibril Sidibe hisobni tenglashtirdi.

70-daqiqada "PSJ" yarimhimoyachisi Adrian Rabio 2-sariq kartochkasi uchun qizil kartochka olib, maydondan chetlashtirildi.

Parijliklar kamchilik bo‘lib harakatlanishlariga qaramay, 74-daqiqada Anxel Di Mariyaning goli evaziga g‘olib bo‘lishdi.

"PSJ" ushbu nufuzli musobaqani umumiy hisobda 6 marta va ketma-ket 3 marta qo‘lga kiritdi. Bu natija musobaqa tarixida eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Bundan tashqari, Parij klubi 6 marta Fransiya chempioni bo‘lgan va 9 marta milliy Kubokni qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, Loran Blan shogirdlari mart oyidayoq o‘zlariga joriy mavsumdagi mamlakat chempioni unvonini muddatdan avval taxt qilib qo‘ydilar.

Fransiya ligasi kubogi. Final

PSJ (Parij) – Lill (Lill) – 2:1

Gollar: Pastore, 40 (1:0); Sidibe, 49 (1:1); Di Mariya, 74 (2:1).

Chetlatish: Rabio, 70 (PSJ)




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 18
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 23
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 204
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 305
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 240
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 149
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 16
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 22
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 50
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 30
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 83
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 28
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Bo‘limlar