«Real» jamoasi himoyachisi Serxio Ramos azaliy raqibi hisoblangan «Barselona»ning mag‘lubiyatidan xursand bo‘lishini aytdi. Bu haqda "Uff.uz" xabar bermoqda.
«Albatta, «Barselona»ning mag‘lubiyatlaridan xursand bo‘laman. Ularni yomon bo‘lsa, «Real»ga yaxshi bo‘ladi. Kataloniyaliklar ustidan erishilgan so‘nggi g‘alaba ularga psixologik tomondan kuchli zarba bo‘ldi», – deydi Ramos.
«Agar Ramos «Barselona»da to‘p surayotgan bo‘lganida, nima yuz berardi?» degan savolga «Balki qizil kartochkam bittaga kamroq bo‘lardi», – deb javob qaytardi ispaniyalik himoyachi.