“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 20:02
ЎЗO‘Z

Senatning yigirmanchi yalpi majlisi 20 oktabr kuni chaqiriladi

13 okt, 08:00 1 277 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Senatning yigirmanchi yalpi majlisi 20 oktabr kuni chaqiriladi Oliy Majlis Senati Kengashining majlisi 12 oktabr kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Senatning yigirmanchi yalpi majlisini 20 oktabr kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi, deb xabar bermoqda yuqori palata axborot xizmati.

Yalpi majlisda quyidagi qonunlar ko‘rib chiqilishi ko‘zda tutilgan:

Bundan tashqari, bosh vazir o‘rinbosarining yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda nogironligi bo‘lgan bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash yuzasidan axboroti eshitiladi.

«O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining faoliyati, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining ko‘p kvartirali uy-joylarga xizmat ko‘rsatish holati, shu jumladan, boshqaruv kompaniyalarining faoliyati yuzasidan axborotlari tinglanishi ham rejada bor.

Majlisda O‘zbekistondagi avtomobil yo‘llari hamda sun’iy inshootlarning holati va transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlashga doir qonun hujjatlarining ijro etilishi, qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasini rivojlantirish uchun ko‘rilayotgan choralar, qolaversa, koronavirus pandemiyasidan keyin turizmni tiklash va rivojlantirish holati yuzasidan hukumatga yuborilgan parlament so‘rovlari natijalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari hamda aholi turar joylarida quyosh va shamol energiyasidan foydalanish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish va boshqa masalalar ko‘rib chiqilishi reja qilingan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 118
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 538
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 1
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 2
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 26
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 47
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 17
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 30
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 18
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 25
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 71
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 40
  • Bo‘limlar