“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 08:55
ЎЗO‘Z

Hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi

04 okt, 14:39 1 853 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi Bugun O‘zbekiston hududining katta qismida harorat 17-22 daraja iliq bo‘lgan quyoshli va nisbatan iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Ertaga aksariyat viloyatlarda tekis harorat fonida quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat shimoliy hududlarga Kavkazdan yana sovuq va kuchsiz havo massalari kirib keladi. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

6 oktabr (seshanba) kuni ushbu havo massasi respublikaning markaziy va sharqiy tumanlariga ta’sir etadi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Havo massalari Farg‘ona vodiysiga o‘tishi davrida yomg‘irlar jadalligi kuchayadi, ushbu hududda biroz yomg‘ir yog‘ib o‘tadi.

5-6 oktabrda shimolda va cho‘l hududlarining ba’zi joylarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 5-10 daraja iliqni tashkil etadi, kunduz kunlari 13-15 daraja iliqqacha pasayadi.

Chorshanba kuni yomg‘ir yog‘adi, hududlarning katta qismida kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda va harorat yana 17-20 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Yomg‘ir yog‘ish ehtimoli faqat Farg‘ona vodiysida va faqat ertalab saqlanib turadi.

Quruq va nisbatan iliq ob-havo uzoq davom etmaydi. 8 oktabr payshanba kuni respublika hududiga Kaspiy dengizining janubiy qirg‘og‘idan yana nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ushbu kunlarda havo harorati yana 13-15 daraja iliqqacha pasayadi.

Ayrim kunlarda haroratning ko‘tarilishiga qaramay, bu hafta o‘rtacha harorat ushbu davr me’yoridan 5-7 darajaga pastroq bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 333
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 132
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 209
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 36
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 319
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 63
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 110
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 97
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 166
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 66
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 423
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 121
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 107
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 112
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 181
  • Bo‘limlar