“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 01:51
ЎЗO‘Z

Mirziyoyev navbatdagi BTM Bosh Assambleyasida qanday tashabbuslarni ilgari suradi?

21 sen, 08:00 1 468 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mirziyoyev navbatdagi BTM Bosh Assambleyasida qanday tashabbuslarni ilgari suradi? O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 76-sessiyasining yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarida videomurojaat bilan so‘zga chiqadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Mirziyoyev xalqaro hamjamiyatga mintaqa va global kun tartibidagi dolzarb masalalar, BMTning zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi birgalikda chora ko‘rishdagi roli yuzasidan o‘z nuqtai nazarini taqdim etadi hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan va ortga qaytmas tus solgan chuqur demokratik islohotlarning mazmun-mohiyatini ochib beradi.

O‘zbekiston yetakchisi o‘z nutqida COVID-19 pandemiyasining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini BMT tomonidan e’lon qilingan "hech kimni ortda qoldirmaslik" tamoyili asosida birgalikda yengib o‘tish masalalariga to‘xtalib o‘tadi.

Mirziyoyev tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, jahon iqtisodiyotini tiklash, barqaror taraqqiyotni ta’minlash, mintaqada va global darajada muloqotni kengaytirish, inson huquq va erkinliklarini ilgari surishga qaratilgan qator muhim tashabbuslarni bildiradi.

Shuningdek, uning iqlim o‘zgarishi, atrof-muhit va biologik xilma-xillikning tanazzulga yuz tutishi, Orol dengizining qurishi kabi transmilliy tahdidlarga qarshi kurashishga qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 141
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 544
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 122
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 0
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 0
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 0
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 4
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 12
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 44
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 41
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 9
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 41
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 32
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 32
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 71
  • Bo‘limlar