“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 06:20
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda havo haroratining pasayishi kutilmoqda

07 iyun, 15:15 3 910 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda havo haroratining pasayishi kutilmoqda
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat kechga tomon Toshkent viloyatida, shuningdek tog‘oldi va tog‘li hududlarda konvektiv bulutlilik rivojlanishida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Aksariyat viloyatlarda kunduz kuni havo 40-43 daraja issiqqacha, janubda ba’zi joylarda 44-46 darajagacha ko‘tariladi. Kavkaz hududlaridan kirib kelayotgan kuchsiz antisiklon ta’sirida respublika shimolida havo harorati pasayadi va 33-38 daraja issiqni tashkil etadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan kuchayishi saqlanib turadi.

Ertaga Kavkaz hududlaridan kirib kelgan salqin havo respublikaning katta qismini qamrab oladi, buning hisobiga havo harorati pasayadi. O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyatida, tog‘oldi va tog‘li hududlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Havo harorati kechalari 24-27 daraja issiq atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari esa harorat pasayadi va 34-38 daraja issiqni, respublikaning eng janubida 41-43 daraja issiqni tashkil etadi.

Bunday harorat foni hafta oxirigacha davom etadi, ammo harorat me’yordan hali ham yuqori bo‘ladi va kechalari 20-25 daraja issiqni, kunduz kunlari 34-39 daraja issiqni, respublikaning eng janubida 41-43 daraja issiqni tashkil etadi. Ushbu davrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda konvektiv bulutlilik rivojlanishida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 8-9 iyun kunlarida shamolli ob-havo saqlanib turadi, respublika bo‘yicha shamol 17-22 m/s gacha, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan kuchayishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda tug‘ilish va nikohlar soni kamaydi 18 мая, 17:00 121
  • “O‘zgidromet” kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 18 мая, 13:58 193
  • O‘zbekistonda bir yilda 22 ta erta turmush holatlari aniqlandi 14 мая, 08:12 58
  • Haftaning birinchi yarmida quruq va juda issiq ob-havo kutilmoqda 13 мая, 13:23 103
  • Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga qancha xorijlik sayyohlar keldi? 12 мая, 14:48 76
  • “O‘zgidromet” 13 may kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi 12 мая, 10:34 117
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 48
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 50
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 146
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 20
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 167
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 40
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 51
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 83
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 156
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 196
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 73
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 100
  • Bo‘limlar