“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 06:39
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

14 apr, 21:12 1 812 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi Foto: Prezident matbuot xizmati
14 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xonning videoanjuman shaklidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Kun tartibidan ko‘p qirrali O‘zbekiston-Pokiston sherikligining dolzarb masalalari, shu jumladan konstruktiv siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo, investitsiyalar, transport va tranzit sohalaridagi amaliy hamkorlikni, hududlar o‘rtasidagi almashinuvlarni kengaytirish, madaniy-gumanitar hamkorlik dasturlarini ilgari surish masalalari o‘rin oldi.

Suhbat avvalida ikki mamlakat yetakchilari muborak Ramazon oyi boshlangani munosabati bilan bir-birini samimiy tabriklab, do‘st xalqlarimizga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

Keyingi yillarda oliy va yuqori darajadagi muntazam muloqotlar ikki tomonlama munosabatlarning jadal rivojlanishiga, ularni aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Pandemiyaga qaramay, faol almashinuvlar davom etdi. O‘zaro savdo hajmi oshib, qo‘shma biznes loyihalari soni ko‘paymoqda.

Hududlar o‘rtasida sheriklik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda. Xususan, joriy yilning fevral oyida Panjob shtati hokimi rahbarligidagi ishbilarmonlik missiyasining Namangan viloyatiga tashrifi muvaffaqiyatli o‘tdi.

Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan Transafg‘on temir yo‘lini qurish bo‘yicha strategik loyiha amalga oshirilmoqda. Ta’lim, madaniyat va turizm sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlik ham kengaymoqda.

Onlayn-uchrashuvda O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi sheriklik va amaliy hamkorlikni kengaytirishning asosiy vazifalari batafsil ko‘rib chiqildi va birinchi galdagi choralar belgilab olindi. Bo‘lajak tadbirlar rejasi kelishildi.

Konstruktiv siyosiy muloqotni, parlamentlararo hamda xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi yaqin aloqalarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.

Transport va tranzit sohasidagi ustuvor loyihalarni ilgari surish, tovar ayirboshlashni ko‘paytirish va ishlab chiqarish kooperatsiyasini kuchaytirish uchun qulay sharoitlarni yaratish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rish, jumladan, imtiyozli savdo to‘g‘risida bitim va iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida hamkorlik bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni qabul qilish, qo‘shma ishbilarmonlik forumlarini o‘tkazish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aviaqatnovlarni tiklash masalasi o‘rganiladi.

Ikki mamlakat yetakchilari Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan tez fursatda hal etish masalalariga alohida to‘xtaldilar. Ushbu mamlakatning jadal iqtisodiy tiklanishiga qaratilgan sa’y-harakatlar qo‘llab-quvvatlandi.

Xalqaro va mintaqaviy kun tartibining boshqa jihatlari yuzasidan ham fikr almashildi.
Umuman, O‘zbekiston-Pokiston sammiti har doimgidek ochiq, amaliy va do‘stona ruhda o‘tdi.

Uchrashuv yakunida Qo‘shma bayonot qabul qilindi hamda standartlashtirish va metrologiya, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda qator muhim hujjatlar imzolandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 137
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 543
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 122
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 6
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 11
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 214
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 65
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 118
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 106
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 97
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 136
  • Bo‘limlar