“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 08:21
ЎЗO‘Z

Yangi haftada qanday ob-havo kutilayotgani e’lon qilindi

12 apr, 18:39 3 355 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yangi haftada qanday ob-havo kutilayotgani e’lon qilindi Gidrometeorologiya xizmati ushbu haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududi bo‘yicha ob-havo sharoitini markazi Qozog‘istonning janubiy hududlari ustida joylashgan yuqori siklon belgilaydi.

Kutilayotgan kecha-kunduzda respublika bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kecha-kunduz davomida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, seshanba kuni Surxondaryo viloyatida momaqaldiroq bilan biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ushbu kunlarda havo harorati kechalari 5-10° iliqni, kunduz kunlari 17-22° iliqni tashkil etadi.

Chorshanba kuni (14 aprel) respublikaning markaziy hududlarida beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Havo harorati kechasi 7-12° iliq, kunduzi 20-25° iliq atrofida bo‘ladi.

Haftaning ikkinchi yarmida respublikaning barcha hududlarida havo harorati haftaning boshiga nisbatan kechalari 9-14° iliq, kunduz kuni 22-27° iliq bo‘lgan biroz yuqori, asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Ushbu kunlarda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 2000 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 531
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar