“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 00:58
ЎЗO‘Z

«Yosh kitobxon» tanlovi respublika bosqichi g‘oliblariga mukofotlar topshirildi

09 apr, 19:25 2 767 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Yosh kitobxon» tanlovi respublika bosqichi g‘oliblariga mukofotlar topshirildi Joriy yil 9 aprel kuni “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi. Besh muhim tashabbusi doirasida o‘tkazilgan tanlovda 300 ming nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi. Har bir hududdan 3ta yosh toifasi bo‘yicha bir nafardan, jami 42 nafar g‘olib respublika final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Tanlovning respublika bosqichi televizion tarzda o‘tkazildi. Shartlar yakuniga ko‘ra 10-14 yoshlilar o‘rtasida 1-o‘ringa Farg‘ona viloyatidan Muhammadfozil Ismoilov munosib topildi. Bu yosh toifasida 2-o‘rin qoraqalpog‘istonlik Aynura Alimjonovaga, 3-o‘rin xorazmlik Javohir Karimovga nasib etdi.

15-19 yoshlilar o‘rtasida 1-o‘rinni Toshkent shahridan Maftuna Umarova qo‘lga kiritdi, keyingi o‘rinlarda qashqadaryolik Munisa Norqobilova hamda Andijon viloyatidan kelgan Dilnavoz Hayitahmatovani ko‘rish mumkin.

20-30 yoshli ishtirokchilar orasida andijonlik Fotima Mamtaliyeva, 2-o‘rinda buxorolik Shamshoda Hamdamova, 3-o‘rinda surxondaryolik Sanjar Shotemirovlar e’lon qilindi.

Har bir yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblarga 1-o‘ringa “Spark” avtomashinasi, 2-o‘ringa 30 million so‘mdan, 3-o‘ringa esa 15 million so‘mdan pul mukofoti topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 5-9 aprel kunlari “Kitobxonlik haftaligi” bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 207
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 267
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 0
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 2
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 14
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 24
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 32
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 80
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 72
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 101
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 345
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 120
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 61
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 36
  • Bo‘limlar