“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 00:35
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi sanasi epidemiologik vaziyatga bog‘liqligi ma’lum qilindi

09 apr, 18:51 2 466 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi sanasi epidemiologik vaziyatga bog‘liqligi ma’lum qilindi Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga rasmiy tashrifi sanasi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga borib taqaladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov 9 aprel kuni o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

«Joriy yilda epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib Prezidentimizning Rossiyaga rasmiy tashrifini tashkil etish rejalashtirilmoqda, bo‘lajak muzokaralarga tomonlar juda puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda», — degan Sherzod Asadov.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2021 yilda Rossiyaga davlat tashrifi bilan borishi haqida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning 21 dekabr kuni rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashuvida aytib o‘tilgan edi. O‘zbekiston Prezidenti Rossiyada oxirgi marta 2020 yil 23 iyun kuni amaliy tashrif bilan borgan edi. Prezident 24 iyun kuni Moskvada o‘tkazilgan G‘alaba paradida ham ishtirok etgandi.

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin 2021 yil 4 fevral kuni Olmaotada o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovga O‘zbekiston Prezidentining davlat tashrifi bilan Rossiyaga kelishiga tayyorgarlik ko‘rilayotgani, imzolash uchun bir qator hujjatlar to‘plami ishlab chiqilishi, mazmunga boy dastur tayyorlanishini aytgandi.

Rossiya TIV matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga navbatdagi tashrifi davomida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 30 ga yaqin hujjat imzolanishi kutilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 133
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 542
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 0
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 0
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 16
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 46
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 20
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 63
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 54
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 90
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 266
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 130
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 21
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 155
  • Bo‘limlar