“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 22:56
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 24 mingga yaqinlashdi

04 apr, 12:06 1 786 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 24 mingga yaqinlashdi Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda uch kunda 23 ming 780 kishi koronavirusga qarshi emlangani haqida ma’lumot berdi.

«Vaksinatsiyaning uchinchi kunida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida jami 9551 nafar fuqaro emlandi.

Vaksina olganlarning 3441 nafarini 65 yoshdan yuqori fuqarolar va 6110 nafarini tibbiyot xodimlari tashkil qildi
», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.

3 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni Toshkent shahri (2105 nafar), Namangan viloyati (1189 nafar), Buxoro viloyati (1166 nafar), Andijon viloyati (1083 nafar) va Toshkent viloyati (844 nafar) band qildi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 1 aprel kuni 5018 nafar, 2 aprel kuni 9211 nafar fuqaro emlangan edi. Shu tariqa, mamlakatda vaksina qabul qilganlar soni 23 ming 780 kishiga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda O‘zbekiston aholisi COVAX dasturi doirasida bepul taqdim etilgan AstraZeneca vaksinasi (660 ming doza) hamda Xitoyda ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi (1 million doza) bilan emlanmoqda.

COVAX dasturi doirasida joriy yilning may-iyun oylarida 2 mln doza AstraZeneca, aprel-iyun oylarida esa 3,5 mln doza ZF-UZ-VAK2001 vaksinalarini O‘zbekistonga olib kelish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan Rossiya Federatsiyasidan 1 million doza Sputnik V vaksinasi xarid qilish yuzasidan shartnoma imzolanmoqda.

Shu bilan birga, ayni paytda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan yana qo‘shimcha AstraZeneca vaksinasini xarid qilish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 116
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 146
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 564
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 146
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 127
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 212
  • So'nggi yangiliklar
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 0
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 8
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 39
  • Isroil havo kuchlari Livanga 30 dan ortiq havo zarbalari berdi 08 мая, 20:58 44
  • Litva Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini ma’lum qildi 08 мая, 20:53 131
  • Parhezshunos tvorog iste’moli borasida ogohlantirdi 08 мая, 20:46 29
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 341
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 322
  • “Barselona”da yangi mojaro boshlandi 08 мая, 18:10 191
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 126
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 54
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 98
  • Bo‘limlar