“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 22:37
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston-AQSH siyosiy maslahatlashuvlarining shakli strategik sheriklik muloqotiga aylantirildi

21 noya, 16:00 2 096 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston-AQSH siyosiy maslahatlashuvlarining shakli strategik sheriklik muloqotiga aylantirildi Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
2020 yil 20 noyabr kuni Vashington shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston – Amerika Qo‘shma Shtatlari siyosiy maslahatlashuvlarining sakkizinchi raundida ishtirok etdi.

Tashqi ishlar vazirligi xabarida aytilishicha, AQSH delegatsiyasiga Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha davlat kotibi yordamchisining birinchi o‘rinbosari Din Tompson boshchilik qildi.

Ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari hamda O‘zbekiston prezidentining 2018 yil may oyida AQSHga tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishi muhokama qilindi. Ko‘p qirrali O‘zbekiston-AQSH hamkorligini yanada chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.

AQSH O‘zbekistonning inson huquqlari himoyasini yaxshilash, majburiy mehnatga qarshi kurashish, diniy erkinliklarni kengaytirish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishda muhim yutuqlarini e’tirof etdi va O‘zbekistonning 2021-2023 yillarda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga saylanishini mamnuniyat bilan qabul qildi.

COVID-19 inqirozining jiddiy iqtisodiy ta’siri qayd etilib, Amerika Qo‘shma Shtatlari global pandemiya oqibatlariga qarshi kurashda O‘zbekistonga yordam berishda qat’iy ekani tasdiqlandi.

«C5+1» shaklining mintaqaviy hamkorlikni ilgari surishda va birgalikdagi ishlarning aniq yo‘nalishlarini belgilab olishda muhim o‘rin tutishi e’tirof etildi. Markaziy Osiyoning global transport va tranzit koridorlariga chuqur integratsiyalashuvini ta’minlash hamda mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiya va energetika sohalaridagi aloqalarni faollashtirish bo‘yicha amaliy choralarni kuchaytirish masalalari alohida ajratib ko‘rsatildi.

«O‘zbekiston – AQSH – Afg‘oniston» uch tomonlama shakli doirasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. Afg‘onistonni Markaziy Osiyodagi savdo-iqtisodiy va integratsiya jarayonlariga faol jalb etish hamda uning tranzit salohiyatini oshiruvchi investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish mazkur mamlakatda mustahkam tinchlik o‘rnatishning muhim yo‘nalishlari sifatida qayd etildi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha yillik ikki tomonlama maslahatlashuvlar shaklini Strategik sheriklik muloqotiga aylantirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Muloqotning ta’sis yig‘ilishini 2021 yilda Toshkent shahrida o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 534
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 1
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 6
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 65
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 220
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 49
  • Bo‘limlar