“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 16:11
ЎЗO‘Z

Professor-o‘qituvchilar ilmiy salohiyati eng yuqori OTMlar ma’lum qilindi

18 noya, 12:07 2 978 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Professor-o‘qituvchilar ilmiy salohiyati eng yuqori OTMlar ma’lum qilindi Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati ularda faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilarning ilmiy darajasiga qarab aniqlanadi. Bunda OTMda faoliyati ko‘rsatayotgan jami o‘qituvchilardan (asosiy shtat va ichki o‘rindoshlar) necha foizida ilmiy unvoni va darajasi mavjud qarab baholanadi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xabariga ko‘ra, bugungi kunda milliy OTMlar o‘rtasida professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati bo‘yicha eng yuqori o‘rinni qayd etgan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetidagi o‘qituvchilarning 55,1 foizi ilmiy unvon va darajalarga ega, ushbu oliygohda faoliyat olib borayotgan jami 176 nafar o‘qituvchilardan 29 nafari fan doktori va professor, 68 nafari fan nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga yoki dotsent unvoniga ega.

Qayd etilishicha, ushbu indikator bo‘yicha navbatdagi o‘rinlarni O‘zbekiston milliy universiteti (52,7 foiz), Samarqand davlat universiteti (51,3 foiz) egallagan.

Ilmiy salohiyat bo‘yicha eng past ko‘rsatkich Samarqand davlat chet tillar instituti (21,3 foiz), Termiz davlat universiteti (20,7 foiz), O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (20,7 foiz), Farg‘ona politexnika instituti (19,8 foiz) va Qo‘qon davlat pedagogika instituti (19,4 foiz)da qayd etilgan.

So‘nggi bir yil ichida milliy OTMlarning asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilar soni 10,6 foizga, talabalar soni 25,4 foizga, fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga yoki professor unvoniga ega professor-o‘qituvchilar 11,0 foizga, fan nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga yoki dotsent unvoniga ega professor-o‘qituvchilar 10,1 foizga, dissertatsiya himoyalari (shuningdek, ilmiy darajaga ega bo‘lmay professor ilmiy unvonini yoki dotsent ilmiy unvonini olgan yoki ularga tenglashtirilgan) 41,1 foizga oshgan.

Joriy yilda e’lon qilingan milliy OTMlar reytingi jami 20ta indikator orqali aniqlandi. Professor-o‘qituvchilar ilmiy salohiyati esa ulardan biri hisoblanadi.

Ta’lim inspeksiyasi tomonidan joriy yilning oktabr oyida oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingi (2020 yil 1 yanvar holatiga) e’lon qilingandi. Joriy yilgi reytingda O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent axborot texnologiyalar universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti yetakchi o‘rinlarni egallagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 517
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 134
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 10
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 22
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 48
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 179
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 82
  • Bo‘limlar