“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 13:29
ЎЗO‘Z

Bitiruvchilarning OTMga kirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng katta o‘sish ikki viloyatda qayd etildi

16 noya, 11:03 2 801 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bitiruvchilarning OTMga kirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng katta o‘sish ikki viloyatda qayd etildi Namangan va Xorazm viloyatlarida boshqa hududlarga nisbatan maktablar masalasiga e’tibor kuchliroq bo‘lib kelgan. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi.

Uning aytishicha, hududlarda ta’limni yaxshilash bo‘yicha natijaga erishish uchun eng yaxshi tandem – jamoani birlashtira oladigan fidoyi xalq ta’limi boshqarmasi rahbari hamda uni doim qo‘llab-quvvatlaydigan viloyat hokimi.

Namangan va Xorazm viloyatlarida shu kabi tandem bo‘lgani sababli boshqa hududlarga nisbatan maktablar masalasiga e’tibor kuchliroq bo‘lib kelgan. Shuning uchun ham, “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami arafasida qator pedagoglar bilan birga ushbu ikki viloyat xalq ta’limi boshqarmasi rahbarlari “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan edilar.

Bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha birinchi 5talik hududlar orasida eng katta o‘sish ham aynan Namangan va Xorazmda kuzatilmoqda
”, – deb yozadi vazir.

Ta’kidlanishicha, barcha maktablarda OTMga yo‘naltirish ishlariga alohida e’tibor qaratilgani sababli, bu yil umumiy bitiruvchilarning soni 1,59 barobar ortgan bo‘lsa-da, OTMga kirgan bitiruvchilar soni 2,02 barobar ortgan. Tashqi omillar deyarli barcha hududga bir xil ta’sir qiladi (kvotalarning oshishi, kitoblar, DTM testlari va h.k.), aynan shu ikki hududda ko‘rsatkichlarning o‘sish sur’ati boshqa hududlarnikidan ancha yuqori bo‘lganiga Namangan viloyatining o‘rni o‘tgan yildagiga nisbatan 4 pog‘onaga ko‘tarilgan, Xorazmniki esa 2 pog‘onaga.

Ushbu oddiy misolning o‘zi prezidentimiz tomonidan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi rahbarlarini viloyat hokimining maslahatchisi sifatida mavqeyi ko‘tarilishi hamda hokimlarga kamida 30-40 foiz vaqtlarini maktablarga yordamga sarflashlari bo‘yicha ko‘rsatma berilishi bejizga emasligini ko‘rsatmoqda.

Viloyat (tuman) hokimi xalq ta’limi boshqarmasi (bo‘limi) rahbarini haftasiga kamida bir marotaba qabul qilib, muammolarini yechishda yordam bersa, albatta, o‘sha hududda ta’lim yo‘nalishida rivojlanish bo‘ladi. Hokim tomonidan e’tibor berilmasa yoki viloyat (tuman) xalq ta’limi rahbari muammolarni to‘g‘ri tahlil qilib hokimga tushuntira bilmasa, joylarda ijobiy o‘zgarish bo‘lishi juda qiyin.

Bu tezkor yig‘ilgan ma’lumotlar. Superkontrakt hamda yangi ochilayotgan xususiy va xorijiy universitetlar qabullari natijalari bo‘yicha Toshkent shahri (hamda ba’zi hududlar) ko‘rsatkichida yil yakunigacha qo‘shimcha o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.

Bitiruvchilari OTMga umuman kirmagan maktablar soni deyarli 3 barobarga kamaydi, bu bo‘yicha alohida batafsil ma’lumot beramiz
”, – deb yozadi Sherzod Shermatov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 13
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 535
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 13
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 17
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 138
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 74
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 62
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar