“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 15:25
ЎЗO‘Z

«Intellektual mulk agentligi»: intellektual mulk sohasini rivojlantirishda yangi bosqich boshlandi

28 okt, 16:33 1 884 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Intellektual mulk agentligi»: intellektual mulk sohasini rivojlantirishda yangi bosqich boshlandi Ma’lumki, 2020 yil 12 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida Intellektual mulk ob’ektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish masalasi yuzasidan o‘tkazilgan uchrashuvda soha kompleks tahlil qilinib, tizimdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish uchun bir qator ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Yuqoridagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Adliya vazirligi huzuridagi «Intellektual mulk agentligi» tomonidan viloyatlarda sayyor uchrashuvlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.

Uchrashuvlarda tadbirkorlarga milliy brend yaratishning o‘ziga xosliklari, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, yurtimizdagi joy nomlari bilan bog‘liq tovar va xizmatlarni ommalashtirish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, tadbirkorlar va patent egalari, ilm-fan vakillari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.

Respublikamiz viloyatlarida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda soha mutaxassislari tomonidan intellektual mulkni patentlashtirish jarayoni, mulkni muhofaza qilish ahamiyati, tovar belgisining kompaniya imijini yaratishdagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Soha faollari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilandi. Xususan, viloyatlardagi korxonalar va oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida amaliy hamkorlikni o‘rnatish, bu orqali ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga ko‘mak berish, tovar belgisi mahsulot qiymatini oshirishda katta ahamiyatga ega ekanligi tushuntirildi.

Bu amaliy harakat natijasida ilm-fan va ishlab chiqarishni uzviy bog‘lagan holda klaster tuzish, zamon talablariga mos ishlanmalar yaratishni yo‘lga qo‘yish imkoni yaratiladi.

Uchrashuvda davlat idoralari bilan birgalikda sohani rivojlantirishga qaratilgan uch yillik dastur ishlab chiqishda hamkorlikni o‘rnatish, tadbirkorlarga milliy brendni yaratish, tovar belgalarini milliy va xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatish, intellektual mulk yaratuvchilari uchun imtiyozlarni joriy qilish belgilandi.

Sayyor uchrashuvlarda faqatgina bir hududga xos bo‘lgan mahsulotni geografik ko‘rsatkichi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish, shu mahsulot qiymatini oshirib, mazkur hudud taniqliligini oshirishiga e’tibor qaratildi. Chust pichog‘i, Samarqand noni, Marg‘ilon adrasi, Sherobod anori, Oltiariq va Parkent uzumi, Xorazm qovuni, Surxondaryo xurmosi kabi mahsulotlarni hududiy mansubligi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazib, xalqaro bozorda faol targ‘ib qilish masalalari ham muhokama qilindi.

Uchrashuvlarda viloyatlarning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, intellektual mulk ob’ektlarini muhofaza qilishga urg‘u berildi.

Jumladan, Xorazm viloyatida 45 ta intellektual mulk ob’ektlari amalda foydalanib kelinmoqda, - deydi «Intellektual mulk agentligi» bo‘lim boshlig‘i Jaxongir Mansurov. - Endilikda, Xorazm qovunlari, Gurlan guruchi, Hazorasp olmasi, Bog‘ot uzumi, “Katta bog‘ koshinlari”, Xorazm cho‘girmasi kabi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini hududiy mansubligi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazib, xalqaro bozorlarda faol targ‘ib qilish navbatdagi vazifa sifatida belgilandi.

Agentlik vakillari Samarqand viloyatiga tashrifi davomida Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Institut professor-olimlari bilan suhbat davomida yo‘qolib ketish arafasidagi o‘simliklarning gerbarilari, qorako‘l terini rivojlantirish hamda yangi yaratilgan turlarni muhofazalash, shu bilan birga ixtirolarni patentlash muddatlarini qisqartirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Respublikamiz viloyatlaridagi uchrashuvlarda hunarmandchilik namunalarini muhofazalash, ularni hududiy mansubligi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish va chet elda targ‘ib qilishda amaliy yordam ko‘rsatishga kelishildi.

Uchrashuvlarda internet tarmog‘ida mualliflik va turdosh huquqlar himoyasini ta’minlash, adabiy va badiiy asarlardan mualliflar ruxsatisiz foydalanishning oldini olish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik ishlarini olib borish belgilandi.

Mamlakatimizda intellektual mulk sohasini yangi bosqichga olib chiqish uchun ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, mahalliy brendlarni ommalashtirish, o‘ziga xos innovatorlik maktabini yaratish muhim ekanligi qayd etildi.

Uchrashuvlar yakunida qo‘yilgan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik o‘rnatishga kelishildi.

«Intellektual mulk agentligi» Matbuot xizmati




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 207
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 267
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 64
  • So'nggi yangiliklar
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 0
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 0
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 3
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 18
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 10
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 39
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 44
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 40
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 54
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 55
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 34
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 260
  • Bo‘limlar